Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyadagi barcha kinoteatrlarda Samsung Galaxy S20 Ultra flagmani yordamida suratga olingan to‘liq metrajli film prokati boshlandi, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

“Ikki karra ikki” melodramasini suratga olish ishlari 2020-yilning avgust oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan. Samsung matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, loyiha rejissori Vitaliy Manyukov smartfonni qulayligi va ishlashdagi oddiyligi uchun tanlagan. Natijada suratga olish guruhi film ustidagi ishlar uchun ketadigan vaqtni sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan.

“Smartfon yordamida film suratga olindi — bu, shubhasiz, birinchi navbatda o‘zimiz uchun dadil qadam. Smartfon kamerasidan tomoshabinlar uchun tijoriy kinoni suratga olish imkoniyatini tadqiq etish menga qiziq bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, natija ham kutilganidan a’lo. Tasvir yetarlicha tiniq. Meniki kabi mustaqil studiyalar uchun bunday ixtiro raqobatdosh ustunlikni beradi, chunki smartfon bilan suratga olish, avvalambor, suratga olish jarayonini tezlashtirish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, — deydi Vitaliy Manyukov.

Foto: IXBT

Foto: IXBT

Loyihada asosiy rollarni Olga Litvinova (“Ekipaj”, “Izquvar-3”), Ivan Nikolayev (“Klub”), Andrey Krijniy (“Fizruk”), Grigoriy Dansiger, Artur Dilanyan va boshqalar ijro etgan. Film sujeti markazidan janjaldan so‘ng do‘stlik va munosabatlarni saqlashga intilayotgan ikki juftlikning tarixi o‘rin olgan.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy S20 yordamida 8K film suratga olishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi