Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Amerikalik faol va haykaltarosh Loren Xelsining hayoti tasvirlangan film ko‘zoynaklar yordamida tasvirga olindi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Video u qadar katta emas — to‘rt daqiqa davom etadi. Unda voqealarni tasavvurni o‘zgartirib yuboradigan holatlar deb bo‘lmaydi: bu xuddi qiz va uning jamoasini kundalik hayotidan, muhtojlarga yordam ko‘rsatishi va turli san’at asarlarini yaratish jarayonlaridan reportajga o‘xshaydi.

Ushbu holatda filmdagi aniq biror hodisa emas, balki u qanday suratga olingani qiziq. Barcha videolar Snapchat Spectacles 3 smart-ko‘zoynaklari yordamida tasvirga olingan. Model bir nechta kameraga, to‘rtta mikrofonga ega, shuningdek, 3D va qo‘shimcha reallikni qo‘llab-quvvatlaydi. Video yoki foto telefon bilan simsiz tarmoq orqali sinxronlashadi, shu sabab istalgan tasvirga 3D-effektlar jamlanmasi yordamida ishlov berish mumkin. Ko‘zoynak gardishi zanglamaydigan po‘latdan ishlangan.

Shu bilan birga, filmda AR-elementlariga ko‘p e’tibor qaratilgan: ularni eng boshida va eng oxirida, Xelsi ko‘cha bo‘ylab harakatlanganida ko‘rish mumkin. Bu noodatiy ko‘rinishga ega. 3D-effektlar yordamida atrofdagi makon qanchalik o‘zgarganini — fantastik detallar, sharlar va chiziqlar paydo bo‘lgan.

Avvalroq Samsung kompaniyasi Galaxy S20 yordamida 8K film suratga olishi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi