Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Liverpul” Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomasini ma’lum qildi.

Foto: Instagram / @virgilvandijk

Foto: Instagram / @virgilvandijk

Sky Sports’ning xabariga ko‘ra, mavsum avvalida jiddiy jarohat olganiga qaramay, himoyachilar Virjil van Deyk va Jo Gomes qaydnomadan chiqarilmagan.

Avvalroq “qizillar” bosh murabbiyi Yurgen Klopp 29 yoshli van Deykning bu mavsumda maydonga qaytishi ehtimoldan yiroqligini aytgandi. Shuningdek, mutaxassis 23 yoshli Gomesning holati ham shunga yaqinligini qo‘shimcha qilgandi.

Shu bilan birga Mersisayd klubi Joel Matipni tarkibdan chiqarib tashladi, kamerunlik futbolchi to‘pig‘idan olgan jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Tarkibga esa jamoa yangi qo‘shilganlar O‘zan Kabak, Ben Devis hamda Nataniel Fillips kiritilgan.

“Liverpul” Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichida Germaniyaning “Leypsig” klubiga qarshi bahs olib boradi. Jamoalarning birinchi uchrashuvi 16-fevral sanasiga belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijondagi zapravkada navbatsiz kirishga uringan haydovchi bir necha IIB xodimlari tomonidan ushlandi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda narxlarning o‘sishi sur’ati yanvar oyida pasaya boshladi
Mahalliy
Toshkentda 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi