Samsung kompaniyasi qisman korpusdan chiqib, 180 darajaga burila oladigan kameraga ega smartfonni yaratish ustida ish olib bormoqda. Buni uchta optik komponent, shuningdek, tasvir datchiklari va chaqnoqqa ega kameralar blokining nostandart joylashuvi orqali amalga oshirish mumkin, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Kamerani siljitishga mo‘ljallangan ko‘tarma mexanizm korpus ichiga yashiringan — mazkur holatda smartfon orqa panelining ko‘rinishi alohida ajralib turmaydi. Ammo foydalanuvchi selfiga tushishni yoki videoaloqa orqali biror kim bilan bog‘lanishni xohlab qolsa, siljiydigan modul ko‘tariladi va foydalanuvchi tomon buriladi. Shu bilan birga, foydalanilmaydigan tasvir datchiklari avtomatik ravishda o‘chadi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.
Umuman olganda ushbu g‘oya juda qiziq, ammo amaliyotga burilish va surilish funksiyasiga ega kamera u qadar mustahkam ko‘rinmaydi. Korpusdan chiqadigan mexanizm — suriladigan elementda joylashgan optik komponent va datchiklar uchun juda zaif yechim.
Avvalroq Xiaomi noodatiy dizaynga ega “smartfon-slayder”ni namoyish etgani, shuningdek, Vivo siljiydigan kameraga ega yangi flagmanini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Xiaomi smartfonlar uchun ko‘rinmas kamera yaratdi