Daryo

Xiaomi noodatiy dizaynga ega “smartfon-slayder”ni namoyish etdi (foto)

Yangi variantda displey smartfonning old qismini yopib turadi va pastki cheti bilan qurilma orqa paneliga ham o‘tadi

1 daqiqa o‘qish36 810 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: LetsGoDigtial

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi egiluvchan displey va noodatiy ekran dizayniga ega yangi qurilma eskizlari bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Konstruksiya xuddi Mi MIX 3 kabi displey-slayderga ega. Biroq eski ixtirodan farqi yangi variantda displey smartfonning old qismini yopib turadi va pastki cheti bilan qurilma orqa paneliga ham o‘tadi. Aftidan, ekransiz joylari — yuqori, yon va orqa tomonining yarmi.

Foto: LetsGoDigtial

Taxminlarga ko‘ra, korpus ichida rolikli mexanizm mavjud bo‘lib, uning yordamida old panelni pastga siljitish va shu orqali selfi-kamera, yaqinlashtirgich hamda yoritish datchiklarini ochish mumkin. Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, “polzunok”ni ovozli yordamchi orqali boshqarsa ham bo‘ladi.

Foto: LetsGoDigtial

Boshqacha aytganda, Xiaomi’ning yangi qurilmasi siljiydigan smartfon va to‘liq ekranli dizaynga ega qurilma ko‘rinishidagi “smartfon-slayder” kombinatsiyasi hisoblanadi. Konsept noodatiy, agarda bu kabi smartfon haqiqatan ishlab chiqarilsa, uning narxi arzon bo‘lmaydi.

Foto: LetsGoDigtial
Foto: LetsGoDigtial
Avvalroq Xiaomi smartfonlar uchun ko‘rinmas kamera yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar