Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

COVID-19 pandemiyasi boshlangandan buyon Xitoy xakerlik va boshqa usullardan foydalangan holda AQSh fuqarolarining DNKlarini o‘z ichiga oluvchi tibbiy ma’lumotlarni olish uchun salmoqli harakatlar qildi, deyiladi Amerikaning Milliy kontrrazvedka va xavfsizlik markazi (NCSC) bayonotida. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Foto: EPA

Foto: EPA

Bayonotda aytilishicha, Xitoy uzoq yillar davomida AQSh va boshqa mamlakatlardan katta hajmdagi tibbiy ma’lumotlarni nafaqat qonuniy, balki noqonuniy yo‘llar bilan ham olib kelgan.

Shuningdek, “Xitoy amerikaliklarga tegishli tibbiy ma’lumotlarni yig‘ishi nafaqat insonlar hayotiga, balki mamlakat iqtisodiyoti va xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi” aytilgan.

Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi davrida Xitoyning BGI biotexnologiya kompaniyasi ko‘plab davlatlarga COVID-19 test to‘plamlarini taklif qilgan va oxirgi olti oy mobaynida 18 ta tajriba laboratoriyasini tashkil qilgan, ehtimol, bu tibbiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun qilingan harakatlar bo‘lgan.

“Xitoy turli mamlakatlar aholisining katta hajmdagi genom ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish orqali yangi tibbiy kashfiyotlar va preparatlar yaratish, buning natijasida sun’iy intellekt va aniq tibbiyot sohasiga sarflanuvchi katta tijoriy yutuqlarga erishishini yaxshi tushunadi”, — deb hisoblaydi NCSC.

Bayonotda aytilishicha, Xitoy hukumati tibbiy ma’lumotlarni to‘plash orqali Amerika biotexnologiya sanoatini ortda qoldirishni reja qilgan. Bu esa AQShni “Xitoy innovatsiyalariga qaram” qilib qo‘yadi. Natijada Amerika mehnat bozoriga katta zarar yetadi.

The Hill nashriyotining yozishicha, bu xavf-xatar haqida FQB direktori Kristofer Rey o‘tgan yili ogohlantirgan. O‘shanda u Senatda “amerikaliklarning koronavirus, vaksina, davolash usullari, testdan o‘tkazish texnologiyalari bilan bog‘liq izlanishlariga daxl qiluvchi xitoyliklarning juda agressiv harakatlarini” kuzatganini ma’lum qilgan.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Xitoy bilan munosabatlarni AQSh uchun eng muhim deb atagani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi
Mahalliy
Qamchiq dovonida neft mahsuloti ortilgan maxsus yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 22-mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi