Amerikalik aktyor, rejissor va prodyusser Robert Rodriges o‘zining mashhur franshizasi — “Josus bolalari”ni qayta suratga olish rejasi bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Film.ru”. Filmni suratga olish bilan Skydance Media studiyasi shug‘ullanadi. Shunday qilib, 2001-yilgi original kartinaning rejissori uni qayta suratga oladi va u uchun ssenariy yozadi.

Foto: “Film.ru”

Robert Rodriges “Josus bolalari”ni suratga olguniga qadar “kattalar uchun mo‘ljallangan” kartinalari bilan tanilgan, masalan, “Shomdan tonggacha” va “Chorasiz”. Biroq u bolalar uchun ham biror film suratga olishni xohlagan va ota-onasi josus ekanligini bilib qolib, ularni qutqarishga otlangan opa-uka haqida kartina suratga olish fikriga kelgan.

Mazkur kartina prokatlarda muvaffaqiyatga erishgan va butun dunyo bo‘ylab 112 million dollar to‘plagan. Shundan so‘ng uning yana ikki qismi yaratilgan bo‘lib, umumiy hisobda kartinalar 550 million dollardan ortiq mablag‘ ishlab topgan.

Qayta ishlanadigan filmning syujeti hozircha noma’lum, biroq voqealar “multimadaniyatli” oila atrofida sodir bo‘lishi aytilmoqda.

Avvalroq Netflix Robert Rodrigesning “Biz qahramon bo‘la olamiz” nomli yangi fantastik loyihasining ilk tizeri bilan bo‘lishgan edi.