Netflix Robert Rodrigesning “Biz qahramon bo‘la olamiz” nomli yangi fantastik loyihasining ilk tizeri bilan bo‘lishdi, deb xabar beradi “Film.ru”.

Foto: “Film.ru”

Kartina sujeti “Uddaburon bolalar” filmini yodga soladi va bundan tashqari, voqealar Rodrigesning “Sharkboy va Lava sarguzashtlari” filmida tilga olingan koinotda sodir bo‘ladi. Filmda Lava rolini ijro etgan Teylor Dulini uchratish mumkin, biroq Sharkboy rolini ijrochisi Teylor Lotner boshqa bir aktyor bilan almashtirilgan.

Bir guruh bolalar superqahramon ota-onalari o‘zga sayyoraliklar tomonidan o‘g‘irlab ketilish xavfi ostida bo‘lganidan so‘ng birlashishga qaror qiladi. Ular hukumat muassasasidan qochib chiqib, qutqaruv operatsiyasiga tayyorlanadi.

Shuningdek, kartinada Pedro Paskal, Priyanka Chopra, Kristian Sleyter va boshqa ko‘plab mashhur aktyorlarni uchratish mumkin.

Film premyerasi striming servisida 2021-yil 1-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.