Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/16 finalida “Manchester Yunayted” 24-yanvar, yakshanba kuni “Liverpul”ni qabul qildi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 18-daqiqasida Muhammad Saloh mersisaydliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay maydon egalari Meyson Grinvudning goli bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Markus Reshford “Yunayted”ning ikkinchi golini urdi. 58-daqiqada Saloh dubl qayd etib, muvozanatni tikladi. 78-daqiqada Brunu Fernandesh jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etib, manchesterliklarning g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari 1/8 finalga yo‘l oldi va chorak final uchun kurashda “Vest Hem”ga qarshi bahs olib boradi.

Angliya Kubogi

1/16 final

24-yanvar, yakshanba

“Manchester Yunayted” — “Liverpul” 3:2

Gollar: 0:1 – 18 Saloh, 1:1 – 26 Grinvud, 2:1 – 48 Reshford, 2:2 – 58 Saloh, 3:2 – 78 Brunu Fernandesh.

“Manchester Yunayted”: Henderson, Maguayr, Shou, Uan-Bissaka, Lindelyof, Pogba, Maktominey, van de Bek (Brunu Fernandesh, 66), Kavani, Grinvud (Fred, 66), Reshford (Marsyal, 86).

“Liverpul”: Alisson, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabinyo, Milner, Veynaldum (Mane, 62), Jons, Tiago Alkantara (Shakiri, 81), Saloh, Firmino (Origi, 81).

Ogohlantirishlar: Fabinyo (42), Mane (69), Lindelyof (89), Pogba (90).

“Brentford” — “Lester” 1:3

Gollar: 1:0 – 6 Sorensen, 1:1 – 46 O‘nder, 1:2 – 51, penalti Tilemans, 1:3 – 71 Meddison.

“Fulhem” — “Byornli” 0:3

Gollar: 0:1 – 31 Rodriges, 0:2 – 71, penalti Rodriges, 0:3 – 81 Long.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!