Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi 1/16 finalida “Chelsi” 24-yanvar, yakshanba kuni “Luton”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Temmi Abraham maydon eagalarini oldingi olib chiqdi, oradan ko‘p vaqt o‘tmay angliyalik futbolchi dublini nishonladi. Bunga mehmonlar birinchi bo‘limda bitta gol bilan javob qaytardi.
Ikkinchi bo‘limda Abraham het-trik qayd etgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
Frenk Lempard shogirdlari 1/8 finalda “Barnsli” bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Angliya Kubogi
1/16 final
24-yanvar, yakshanba
“Chelsi” — “Luton” 3:1
Gollar: 1:0 – 11 Abraham, 2:0 – 17 Abraham, 2:1 – 30 Klark, 3:1 – 74 Abraham.“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Jeyms, Zuma, Maunt (Kovachich, 84), Pulishich (Hadson-Odoi, 70), Ziyosh (Haverts, 77), Gilmor, Abraham (Jiru, 77), Verner.
“Luton”: Sluga, Lokyer, Bredli, Bri (Lua-Lua, 61), Raddok-Mpanzu, Neysmit (Monkur, 75), Dyuzberi-Holl, Klark, Kornik (Kollinz, 60), Tannikliff (Berri, 61), Ri (Potts, 46).
Ogohlantirish: Klark (85).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)