Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turida “Yuventus” 24-yanvar, yakshanba kuni “Bolonya”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 15-daqiqasida Artur turinliklarni oldinga olib chiqdi. 71-daqiqada “Yuventus”ning amerikalik futbolchisi Ueston Makkenni mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Shu hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Andrea Pirlo shogirdlari bu g‘alabadan keyin ochkolarini 36 taga yetkazib oldi va 5-o‘rindan joy olgan. Turinliklar peshqadam “Milan”dan 7 ochkoga ortda qolmoqda.
A Seriya
19-tur bahsi
“Yuventus” — “Bolonya” 2:0
Gollar: 1:0 – 15 Artur, 2:0 – 71 Makkenni.“Yuventus”: Shensni, Danilo, Kyellini, Bonuchchi (de Ligt, 78), Kuadrado, Bentankur, Makkenni (Demiral, 90), Kulusevski (Remzi, 78), Artur (Rabyo, 78), Bernardeski (Morata, 69), Ronaldu.
“Bolonya”: Skorupski, Larangeyra, Deyks (Palasio, 75), Tomiyasu, de Silvestri (Sumaoro, 46), Soriano, Sxauten, Orsolini (Olsen, 76), Svanberg (Dominges, 64), Vinyato (Sansone, 46), Barrou.
Ogohlantirishlar: Vinyato (14), Kulusevski (21), Kellini (47), Artur (52), Deyks (62).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)