Yevropa Superligasiga Angliya Premyer Ligasining olti jamoasi qo‘shilishi mo‘ljallanmoqda, deya xabar qilmoqda The Times.

Foto: Yandex Photos

Musobaqa reglamentiga ko‘ra, muntazam ishtirokchilar soni 15 tani tashkil qiladi, yana besh klub saralash bosqichi orqali yo‘llanmaga ega bo‘ladi.

Muntazam ishtirokchilar orasida APLning olti klubi mavjud, xususan, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” ham. Shuningdek, “Real” va “Milan” kabi jamoalarni taklif qilish rejada bor. Klublarning har biri Superligaga qo‘shilgandan keyin 350 million yevrogacha bo‘lgan miqdorda pulga ega bo‘ladi.

Yigirmata jamoa ikki guruhga bo‘linadi. Bir mavsum davomida Superligada 18—23 uchrashuv o‘tkaziladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!