Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent viloyat prokuraturasi O‘rta Chirchiq tumani hokimligi xodimiga tan jarohati yetkazilganligi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi B.A. ismli fuqaro 19-yanvar kuni nizoli xonadonga tuman hokimining egalik huquqi berish haqidagi qarori qabul qilinmayotgani, bunga tuman hokimligi xodimi T.S. to‘sqinlik qilayotgani vajidan u bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Janjal vaqtida B.A. o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘ini uning qorin qismi va chap oyog‘i son qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 19-yanvar kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi “b, l” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi B.A. Jinoyat-protsessual kodeks talablari asosida ushlangan.

Hozirda O‘rta Chirchiq tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Bekobodda mast erkak u bilan salomlashmagan tanishiga pichoq urgani, Andijonda qo‘shni ayolni qarz bermagani va ustidan kulgani uchun o‘ldirgan shaxs 17,5 yilga qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston poytaxtida namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonda YPX xodimi radar o‘rnatilgan mashinasida taksichilik qilgani aytilmoqda (video)
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj