• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroda Prezident tashrifi paytidagi elektr energiyasi uzilishiga izoh berildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda energetika vaziri o‘rinbosari Behzod Normatov imzosi qo‘yilgan faksogramma tarqaldi.

    Foto: Telegram

    Faksogrammada 2021-yilning 21-yanvarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, kechki payt Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilayotgani sabab aksiyadorlik jamiyati rahbarlari ogohlantirilgan va tizimdagi barcha korxonalarda sanoat xavfsizligi ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlangan.

    Foto: “Daryo”

    21-yanvar kuni  kechki payt soat 23:00 dan boshlab Buxoro shahrining katta qismi va viloyatning boshqa tumanlari elektr energiyasiz qolgan. Issiqlik tizimida ham muammolar kuzatilgan. Ayniqsa, Buxoro shahrining 3, 4, 6-kichik nohiyalarida qariyb tongga qadar elektr energiyasi qayta tiklanmagan.

    Elektr energiyasining uzilishi Prezident tashrifi chog‘ida yuzaga kelgani va uzilish viloyatning boshqa hududlarida kuzatilgach, holat ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarni keltirib chiqargan.

    Foto: “Daryo”

    Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Buxoro shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Anvar Qurbonov bilan suhbatlashdi.

    “Mazkur tashrif Prezidentimizning Buxoroga birinchi tashrifi emas. Bunday holat ilgari hech qachon kuzatilmagan. Noqulay ob-havo sharoiti tufayli hududdagi elektr tarmoqlari tizimida nosozliklar kelib chiqdi. Kuchli shamol bilan yomg‘ir aralash qorning yog‘ishi, ustiga-ustak, qorning ham muz aralash kelishi elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Hududdagi ‘Mohi-Xossa’ va ‘Alatxona’ nimstantsiyalarida uzilishlar yuzaga keldi. Ma’lumki, har bir nimstantsiyaga 70 ga yaqin transformatorlar ulangan bo‘ladi. Agar bitta transformatorda qisqa tutashuv yuzaga kelsa, bu to‘g‘ridan to‘g‘ri nimstantsiyadagi yo‘nalishli fider moslamasining o‘chib qolishiga sabab bo‘ladi. Natijada fider moslamasi bilan aloqador boshqa transformatorlarda ham elektr energiyasi ta’minotdan uzilish kuzatiladi”, — deydi Anvar Qurbonov.

    Foto: “Daryo”

    O‘rinbosarga ko‘ra, 21-yanvar kuni kechasi yuzaga kelgan holatni bartaraf etish maqsadida 28 nafar kishidan iborat maxsus guruh tuzilib, tezkor ishlar olib borilgan.

    “Holat o‘rganilganda, har birida uch fazada elektr energiyasi tarqaladigan qator transformatorlarning o‘chirib-yoqish uskunalari qismi, ya’ni ‘rublnik’lar usti qor bilan qoplangani va qorning erishi oqibatida qisqa tutashuvlar yuzaga kelib, simlar uzilgani kuzatildi. Aytish joizki, oyoq ostining qor va yomg‘ir, yetmagandek, yuqori darajada namligi katta tok kuchlanishi mavjud transformatorlar oldiga borish va o‘sha paytning o‘zida ta’mirlash va sozlash ishlarini amalga oshirish imkonini bermadi”, — deydi Anvar Qurbonov.

    Anvar Qurbonov.

    Anvar Qurbonov.
    Foto: “Daryo”

    “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh injeneri Ruhillo Sharipovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, viloyatda jami 88 ta nimstantsiya mavjud. Mazkur nimstantsiyalarga 5300 dan ortiq transformator ulangan. Har bir hududda 7—8 tadan guruh ish olib bormoqda.

    Foto: “Daryo”

    “Buxoroning barcha tuman, shaharlari elektr ta’minoti korxonalari tomonidan yuzaga kelgan uzilishlarni bartaraf etish ishlari hozirgacha davom etmoqda. Talay hududlarda ta’minot tiklandi. Bugun soat 19:00 gacha elektr energiyasi ta’minotini to‘liq tiklash uchun barcha say’-harakatlar ishga solinmoqda. Brigadalar ishlayapti”, — dedi Ruhillo Sharipov.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21-yanvar kuni yopirilgan qor bo‘ronidan so‘ng Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari, xususan, viloyat ma’muriy markazi Urganch shahri ham elektr ta’minotidan uzilib qolgani haqida xabar berilgan edi. Qor va kuchli shamol shuningdek, Andijon viloyatining bir qator tumanlarini chiroqsiz qolishiga ham sabab bo‘ldi.

    Mavzuga doir:

    • Foto: O‘zbekistonga qor bo‘roni yopirildi
    • “Derazalar yaxshi yopilyaptimi, shamol kirmayaptimi, eshiklar yopiladimi?”. Energetika vaziri yanvar oyi oxirida kutilayotgan sovuq ob-havoga tayyorgarlik ishlari haqida

    22.01.2021, 17:20   Izoh (0)   39257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yangi Angren” IESdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

    22.01.2021, 17:04

    O‘zbekistonda 2020-yilda salkam 28 ming kishi sudlangan

    22.01.2021, 16:57

    Foto: Ustyurtdagi tuzoq-kameralarga tushgan sayg‘oqlar

    22.01.2021, 16:35

    “Buxoro rivojlanishda boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti” — Shavkat Mirziyoyev

    22.01.2021, 15:11

    O‘zbekistonda 23-yanvar kuni 5 darajagacha sovuq bo‘ladi

    22.01.2021, 14:55

    Samarqandda “Jo Bayden” nomli MChJ ro‘yxatdan o‘tdi

    22.01.2021, 14:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda qalbaki valyuta sotuvchilar qamoqqa olindi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 09:33

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Fluminense” “Inter”ni musobaqadan chiqarib yubordi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:29

    “Kalmar o‘yini” muallifi serialning finali va davom etish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi

    Kino | 1 iyul, 09:28

    Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi (video)

    Sport | 1 iyul, 09:04

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.