Daryo

Qor va kuchli shamol Andijon viloyatining bir qator tumanlarini chiroqsiz qoldirdi

Avvalroq 21-yanvar kuni yopirilgan qor bo‘ronidan so‘ng Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari, xususan, viloyat ma’muriy markazi Urganch shahri ham elektr ta’minotidan uzilib qolgani haqida xabar berilgan edi

1 daqiqa o‘qish57 512 ko‘rishlar0 izoh0

Noqulay ob-havo sharoiti sababli Andijon viloyatining ayrim tumanlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Bu haqda Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Andijon viloyatidagi kuchli shamol oqibatlari, 2020-yil, 22-yanvar.Foto: Telegram / “Andijon bugun”

22-yanvar kuni soat 8:12 da “Andijon” podstansiyasida favqulodda himoya ta’sirida 110 kilovoltli “Gulshan” havo tarmog‘i yuqori fazasida shleyf uzilishi oqibatida Andijon viloyatining Xo‘jaobod, Jalaquduq, Buloqboshi, Qo‘rg‘ontepa tumanlari elektr ta’minotida avtomatik ravishda cheklovlar kiritilgan.

“Ayni vaqtda yuzaga kelgan uzilishlarni bartaraf etish uchun barcha xodimlar jalb qilinib, tezkor ishlar tashkillashtirilgan. Nosozliklarni bartaraf etish ishlari Andijon viloyatining har bir shahar va tumanlarida kechayu-kunduz to‘xtovsiz amalga oshiriladi”, -- deyiladi korxona axborotida.

Korxona matbuot xizmati yuzaga kelgan muammo 22-yanvarning o‘zida “tez fursatlarda” bartaraf etilishini va’da qilib, keltirilgan noqulayliklar uchun elektr energiyasi iste’molchilaridan uzr so‘ragan.

Avvalroq 21-yanvar kuni yopirilgan qor bo‘ronidan so‘ng Xorazm viloyatining ko‘plab hududlari, xususan, viloyat ma’muriy markazi Urganch shahri ham elektr ta’minotidan uzilib qolgani haqida xabar berilgan edi. Buxoro viloyatida ham elektr ta’minotida qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Mavzuga doir:

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar