Futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16-finalida “Barselona” 21-yanvar, payshanba kuni “Kornelya”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilindi. 92-daqiqada Usmon Dembele katalonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, so‘nggi daqiqalarda Martin Breytueyt jamoasining ikkinchi golini urdi.

Shu tariqa “Barselona” uchinchi divizion jamoasini mag‘lub etgan holda 1/8 finalga yo‘l oldi. Bundan avvalgi bosqichda “Kornelya” Madridning “Atletiko”sini musobaqadan chiqarib yuborgandi.

Yana bir bahsda Bilbaoning “Atletik” klubi “Ibitsa” maydonida mehmon bo‘ldi va so‘nggi daqiqalarda urilgan gol hisobiga keyingi bosqichga chiqdi.

Mavzuga doir: “Real” 3-divizion jamoasiga mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogini tark etdi

Ispaniya Kubogi

1/16 final bahsi

21-yanvar, payshanba

“Kornelya” — “Barselona” 0:2

Gollar: 0:1 – 92 Dembele, 0:2 – 120 Breytueyt.

“Kornelya”: Xuan, Market (Chiki, 68), Estelyes, Moreno, Ontiveros (Karmona, 68), Medina, Dorka, Martin, Gusman, Presa (Sanmarti, 84), Gila (Plya, 97).

“Barselona”: Neto, Mingesa, Firpo, Arauxo, Langle, Puch (Dembele, 46), Pyanich, Kuruma (Buskets, 74), Trinkau (Pedri, 74), Grizmann (de la Fuente, 101), Breytueyt.

Ogohlantirishlar: Puch (7), Estelyes (38), Presa (57), Medina (96), Pyanich (106).

Chetlatish: Estelyes (118).

“Ibitsa” — “Atletik” 1:2

Gollar: 1:0 – 12 Xavi Peres, 1:1 – 52 Raul Garsiya, 1:2 – 90 Nunyes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!