Ijtimoiy tarmoqlarda balandligi salkam 100 metrga teng Qrimdagi Uchan-Su sharsharasi muzlab qolgani tasvirlangan suratlar tarqaldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Instagram foydalanuvchilari tomonidan e’lon qilingan foto va videolardan ko‘rish mumkinki, Uchan-Su qiyaligini muz qoplagan. Sharsharaning o‘zi esa hozirda sumalaklar va qor jamlanmasini yodga solmoqda.
“Uchayotgan suv” deya tarjima qilinuvchi Uchan-Su sharsharasi Yaltadan 6 kilometr g‘arbda joylashgan. U Qrim yarimorolidagi eng baland sharshara hisoblanadi, balandligi 98,5 metrga teng.
“Aftidan, muz yarimorolga yopirilgan sovuq arktik havosi natijasida paydo bo‘lgan”, — deyiladi xabarda.
https://www.instagram.com/p/CKMvqihplcu/?utm_source=ig_embed
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sharshara tez orada o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.
Avvalroq Qashqadaryodagi Hisor qo‘riqxonasida joylashgan Suvtushar sharsharasi muzlab qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: “Tashmore”ning yuzasi muzlab qoldi (video)
Izoh (0)