Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xit Lejer, Kurt Kobeyn, Jon Lennon – ushbu mashhur insonlar vafot etganidan so‘ng ular ijrosidagi film va musiqalari bilan birga, otasining izidan ketgan merosxo‘rlari ham qoldi. Xo‘sh, vafot etgan yulduzlarning farzandlari hozirda nima bilan mashg‘ul?

Peris Jekson – Maykl Jeksonning qizi

Foto: “shining-stars.ru”

Foto: “shining-stars.ru”

Peris – pop qirolining ikkinchi rafiqasi – hamshira Debbi Roudan ko‘rgan farzandi bo‘lib, u yana Prins Maykl Jekson I ning ham onasi hisoblanadi. Prins Maykl I omma e’tiborida bo‘lishni yoqtirmaydi, ammo Peris buning aksi. Bir necha yil avval Chanel reklamalarida suratga tushgan, shuningdek, otasining o‘limi va o‘z joniga qasd qilishga uringani haqida ham aytib o‘tgan. Peris aka va ukasidan farqli o‘laroq, otasining kasbini davom ettirish maqsadida san’at yo‘lini tanladi.

Liya Nasirova – Murat Nasirovning qizi

Foto: “spletnik.ru”

Foto: “spletnik.ru”

2007-yilning 19-yanvarida 38 yashar ijrochi Murat Nasirov o‘z joniga qasd qilgan – xonanda yashaydigan uyning balkonidan o‘zini tashlagan. O‘sha vaqtda uning farzandlari Liya va Akim qo‘shni xonada bo‘lgan. Fojiadan 10 yil o‘tgach, Liya otasiz o‘tgan hayoti haqida so‘zlab bergan. U Plexanov universitetining xalqaro iqtisodiyot fakultetida tahsil olgan. Aslida u hayotini iqtisodiyot bilan bog‘lashi aniq emas, u buni shunchaki oliy ma’lumotli bo‘lish, deb biladi. Liyaning yuz tuzilishini otasinikiga o‘xshashligini sezmaslik mumkin emas. Shuningdek, u otasidan musiqani ham meros qilib olgan. U bolaligidan vokalni o‘rganib, pianino va akustik gitara chalish bilan ham shug‘ullanadi. U musiqasiz yashay olmaydi. Unda otasining kam odamlar biladigan qo‘shiqlari ham bor. Nasirova otasining e’lon qilinmagan kompozitsiyalari ustida ishlashni yaxshi ko‘radi va bu borada otasining do‘stlari unga yordam berishidan umid qilmoqda.

Matilda Rouz Lejer – Xit Lejerning qizi

Foto: “vev.ru”

Foto: “vev.ru”

Matilda 2005-yilda aktyor Xit Lejer va aktrisa Mishel Uilyamsning oilasida tug‘ilgan. Oradan ikki yil o‘tib juftlik ajrashishga qaror qilgan. Afsuski, 2008-yil Matildaning otasi Lejer vafot etgan.

Foto: “vev.ru”

Foto: “vev.ru”

Kichkina Matilda endigina ulg‘aymoqda, ammo uni oldinda katta kelajak kutayotgani aniq. Uning oldiga qo‘ygan maqsadlari juda katta. U 18 yoshga to‘lganida kinoakademiya tomonidan otasining vafoti tufayli “Betmen: Qora ritsar” filmidagi Joker roli uchun “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritadi.

Frensis Bin Kobeyn – Kurt Kobeynning qizi

Foto: “shining-stars.ru”

Foto: “shining-stars.ru”

Kortni Lav va Kurt Kobeynning qizi unchalik ham e’tibor markazida emas. Shuning uchun ham Frensis taniqli juftlikning qizi rolida uzoq vaqt turolmadi. U ko‘proq rassomchilik va g‘ayrioddiy obrazlarni sevadigan bo‘lib chiqdi. 2017-yilda Mark Jeykobs moda uyining vakiliga aylangan. U bahor—yoz kolleksiyasining reklama kompaniyasida ishtirok etdi. Biroq Frensisga modellik faoliyati unchalik ham yoqmaydi. U o‘zini rassom, musiqachi va vokalist sifatida sinab ko‘rgan.

Shon Lennon – Jon Lennonning o‘g‘li

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Shon afsonaviy rokerning kenja o‘g‘li. Shon bolaligidayoq musiqa olamida o‘zini topgan. U onasining ijrolarida ishtirok etgan va Maykl Jekson bilan ham ishlagan. Hozirda u “The Ghost of a Sabert Tooth Tiger” guruhida do‘stlari bilan kuylaydi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Midou Reyn Uoker – Pol Uokerning qizi

Foto: “spletnik.ru”

Foto: “spletnik.ru”

Aktyorning qizi Gavayida ulg‘aygan. U yerda onasi Rebekka Soteros bilan yashagan. Qiz 13 yoshida Kaliforniyaga, otasining yoniga ko‘chib kelgan. Oradan ikki yil o‘tib, otasi avtohalokatga uchragan. Vasiyatga ko‘ra, Uoker qiziga 25 million dollarlik butun boyligini meros qilib qoldirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda