O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra 34,5 million kishini tashkil etmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, aholi soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga ko‘paygan. Aholining o‘sish sur’ati 101,9 foizga teng bo‘ldi.

Qayd etilishicha, mamlakat aholisi har oyda o‘rtacha 54,5 ming kishiga ko‘paygan. 2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshgan.