Aktyor Bryus Uillis niqob taqishni rad etgani uchun Los Anjelesdagi dorixona xodimlari undan chiqib ketishini so‘ragan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Voqeaga guvoh bo‘lgan shaxsning so‘zlariga ko‘ra, dorixonaga tashrif buyurganlar 65 yashar aktyorning bu ishidan ranjigan. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorning bo‘ynida sharfi ham bo‘lib, u bilan yuzini bemalol yopishi mumkin bo‘lgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Uillis esa dorixonadan hech narsa xarid qilolmay chiqib ketgan. Keyinroq Uillisning o‘zi ushbu voqeani People nashrida izohlab, “katta xato” deb atagan. Bundan tashqari, “O‘zingizni asrang va niqob taqishda davom eting”, − deya ta’kidlagan.