• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bu sir emas-ku”. SSV rahbari O‘zbekistondagi umumiy o‘lim statistikasi “rasmiy so‘rov bo‘lsa”gina berilishini ma’lum qildi

    O‘zbekistondagi umumiy o‘lim holatlariga doir statistika “sir emas”, rasmiy so‘rov berilsa, ma’lumotlar taqdim etiladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga ma’lum qildi.

    Abduhakim Hojiboyev.

    Abduhakim Hojiboyev.
    Foto: Madina Nurman / “Daryo”

    O‘zbekistonda 2020-yil avgustidan beri umumiy o‘lim holatlari bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar e’lon qilinmayapti. Davlat statistika qo‘mitasi oktabr oyida to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha demografik holatga doir axborotnomasida umumiy o‘lim statistikasini ham e’lon qilishi lozim edi, biroq ushbu ma’lumotlar hozirga qadar e’lon qilinmagan. 2020-yil uchun faqat yanvar—iyul oylariga taalluqli o‘lim statistikasi ma’lum, xolos.

    Qo‘mita ushbu holat yuzasidan noyabr oyida bergan izohida o‘lim statistikasini shakllantirish uchun mas’ul hisoblangan Adliya vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli ma’lumotlarni Statistika qo‘mitasiga taqdim etmaganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda Adliya vazirligi qo‘mitaning bu bayonotini rad etib, ma’lumotlar taqdim etilganini bildirgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi OAVning bu boradagi so‘rovlariga javob bermagan.

    “Daryo” muxbiri sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyevdan ushbu holat bo‘yicha izoh olishga urinarkan, vazir dastlab “Statistika qo‘mitasiga tegishli savolga javob berolmasligi”ni aytgan, muxbir Statistika qo‘mitasining da’vosini eslatgach (ma’lumotlar, xususan, Hojiboyev rahbarlik qilayotgan vazirlik tomonidan taqdim etilmagan), “rasmiy so‘rov berilsa, ma’lumotlar berilishi”ni ma’lum qilgan.

    “Bu sir emas-ku”, — deya alohida qayd etib o‘tgan vazir Hojiboyev. Muxbir bu kabi ma’lumotlar 2020-yil oktabriga qadar rasmiy so‘rov berilmasa ham e’lon qilib kelinganini eslatganida, vazir: “Yo‘q, rasmiy so‘rov... Agar siz aytgan statistikani kimdir rasmiy so‘rasa, ma’lumot beriladi”, — deb javob bergan. Hojiboyev rasmiy so‘rovsiz bu ma’lumotlar e’lon qilinmasligini alohida ta’kidlab o‘tgan.

    Ma’lumot uchun, 2020-yil iyulida O‘zbekistonda umumiy o‘lim ko‘rsatkichi shu oy uchun so‘nggi yillarda shakllangan o‘rtacha ko‘rsatkichdan 26,4 foizga, Toshkent shahrida 166 foizga, Toshkent viloyatida 43,8 foizga,Navoiy viloyatida 51,7 foizga yuqori bo‘lgan. Taxminan shu vaqtda, iyul—avgust oylarida O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi cho‘qqiga chiqqan, o‘lim holatlari soni keskin ko‘paygan edi.

    Qayd etish joiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan koronavirusga doir rasmiy statistika ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020-yil martidan to 12-yanvarga qadar jami 618 kishi koronavirus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etgan. Biroq SSV O‘zbekistonning boshqa davlat organlari e’lon qilgan koronavirus oqibatidagi ko‘plab o‘lim holatlarini tasdiqlamagan. Shuningdek, vazirlik statistikasiga O‘zbekistonda vafot etmagan shaxs(lar) ham kiritilgan.

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash vaqtida kasallikka chalinib, vafot etgan shifokorlarning faqat ikki nafari uchun 250 mln so‘mlik to‘lovlar o‘tkazib berilgan
    • Qashqadaryo hokimligi pandemiya davrida vafot etgan 27 nafar tibbiyot xodimining ism-shariflarini e’lon qildi
    • O‘zbekistonda 2020-yilda yetti sudya koronavirus qurboniga aylangan
    Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojiboyev vazirlik yuritayotgan koronavirus statistikasiga to‘liq ishonishini ma’lum qilgan edi. Vazir bu holatni: “Chunki u to‘g‘ri”, — deya izohlagan edi.

    14.01.2021, 07:45   Izoh (0)   13332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochiladi

    14.01.2021, 07:42

    O‘zbekistonda endi ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi

    14.01.2021, 07:27

    Britaniya kompaniyasi Toshkentning elektron xaritasini ishlab chiqdi. Unda kuchli yomg‘ir natijasida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlar ham ko‘rsatilgan

    14.01.2021, 06:41

    Energetika vazirligi Afg‘onistonga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi bo‘yicha izoh berdi

    14.01.2021, 06:25

    Ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva farzandlariga bosim bo‘lganligini ma’lum qildi

    14.01.2021, 06:10

    Prokuratura Farg‘onada suvga cho‘kib o‘lgani taxmin qilinayotgan bola haqida ma’lumot berdi

    13.01.2021, 23:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.