O‘zbekistonda 2021-yilda umumiy sig‘imi 43 mingdan ortiq bo‘lgan 13 ta markaziy masjid ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, so‘nggi uch yil ichida mamlakatdagi 256 ta masjid qaytadan qurildi, 308 tasi esa kapital ta’mirlandi. Ayni paytda 218 ta masjid butunlay yangi loyiha asosida qaytadan qurilmoqda. Ularning bir qismi shu yili bitkaziladi.

2021-yilda foydalanishga topshiriladigan markaziy masjidlar quyidagilar:

1. “Xonobod” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron shahri
  • Sig‘imi: 4000 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirilish vaqti: 2021-yil avgust oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, ayollar uchun tahoratxona va namozxona.

2. “Akbarali ota” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston tumani
  • Sig‘imi: 1500 kishi
  • Me’moriy uslubi: sakkiz burchak
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, keng avtoturargoh

3. “Xoji Abdulloh al Ansoriy” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani
  • Sig‘imi: 2000 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil dekabr oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: uch tomonlama kirish yo‘li, keng avtoturargoh

4. “Qorashbuva” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
  • Sig‘imi: 1500 kishi
  • Me’moriy uslubi: Yangi klassika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil sentyabr oyi

5. “O‘tovli Eshon” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani
  • Sig‘imi: 250 kishi
  • Me’moriy uslubi: an’anaviy-tarixiy
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil may oyi (Ramazon hayiti)

6. “Devonaboy” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Andijon viloyati Andijon shahri
  • Sig‘imi: 15000 kishi
  • Me’moriy uslubi: an’anaviy-tarixiy
  • Foydalanishga topshirish muddati: 2021-yil Aprel (Ramazon) oyi

7. “Abdulhamid qori” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Andijon viloyati Xonobod shahri
  • Sig‘imi: 3000 kishi
  • Me’moriy uslubi: an’anaviy-milliy
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil sentyabr oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: ayollar uchun tahoratxona va namozxona

8. “Sarimozor” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzili: Surxondaryo viloyati Boysun tumani
  • Sig‘imi: 5000 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil avgust oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, oshxona, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

9. “Qilichbek Qo‘rg‘oncha” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri
  • Sig‘imi: 1800 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil dekabr oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: kutubxona, kitob do‘koni.

10. “Boymoqli” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Jizzax viloyati Zomin tumani
  • Sig‘imi: 860 kishi
  • Me’moriy uslubi: Sakkiz burchak
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil avgust oyi.
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, kutubxona, ayollar uchun alohida tahoratxona va namozxona.

11. “Dilkusho” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Buxoro viloyati Buxoro shahri
  • Sig‘imi: 2000 kishi
  • Me’moriy uslubi: tarixiy-an’anaviy
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil mart oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: Yirik kutubxona, 2 kishilik dam olish xonasi (mehmonxona), ayollar uchun namozxona

12. “Siroj solih” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani
  • Sig‘imi: 4000 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: anjumanlar zali, veb-sayt faoliyati uchun videostudiya

13. “Kulol qo‘rg‘on” masjidi

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

  • Manzil: Toshkent shahar Yunusobod tumani
  • Sig‘imi: 3500 kishi
  • Me’moriy uslubi: Eklektika
  • Foydalanishga topshirish vaqti: 2021-yil aprel (Ramazon) oyi
  • Qo‘shimcha imkoniyatlari: sartaroshxona, 30-35 sig‘imli ichki avtoturargoh (“parkovka”), kitob do‘koni, ayollar uchun tahoratxona va namozxona

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

Avvalroq O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi 2021-yilning oxirida yakunlanishi, uning binosi jahon islom arxitekturasining faxri bo‘lishi haqida xabar berilgandi.