“Bavariya” Germaniya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan 8-yanvar kungi bahsda Myunxengladbaxning “Borussiya”siga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Myunxenliklar o‘yin davomida 2:0 hisobida oldinga borib yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa “Bavariya” Bundesligada 10 yil deganda ilk bor ikki to‘p farqi bilan oldinda borib mag‘lub bo‘ldi.
2011-yilning fevralida “Bavariya” 55-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borgan va yakunda 2:3 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
Qayd etish kerak, “Borussiya M” ketma-ket to‘rt mavsumdan buyon Myunxen klubini birinchi davradagi o‘yinda mag‘lub etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)