Urganch shahrining markaziy maydoni yangidan quriladi, deya xabar berdi Xorazm viloyati hokimligi.

Kadr: Videodan skrinshot

Ta’kidlanishicha, maydon markazida 25 metrli Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatiladi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkaziladi.

Ma’lum qilinishicha, bu g‘oya Prezidentning tashabbusi bo‘lib, bosh maydon ostidan o‘tkazilgan mamlakatdagi ilk tunnel bo‘ladi.

Kadr: Videodan skrinshot

Tunnel aeroport va temiryo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidan va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tadi.

Kadr: Videodan skrinshot

Tunnel qurilishi munosabati bilan shaharning bir qator ko‘chalari va chorrahalarida transport harakatini tashkil etish qayta ko‘rib chiqiladi. Loyihani qachonga yakunlash rejalashtirilgani va uning qiymati qanchaligi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Xorazmda 2021-yilda 100 ta ko‘p qavatli uy, Amudaryo ustida Xorazmni Qoraqalpog‘iston bilan bog‘laydigan ko‘prik hamda Toshkentda yangi Milliy akademik drama teatri qurilishi haqida xabar berilgandi.