• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12760.21
    • RUB160.08
    • EUR14704.87
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Liverpul”: Seleksiya bo‘limi sirlari

    Maykl Edvards (klub sport direktori) “Liverpul” skautlari o‘zlarining hisobotlarini yozganda, balandparvoz gaplardan qo‘rqmasliklariga umid qiladi. Potensial seleksionerlarni baholash tizimini soddalashtirish uchun u har bir o‘yinchiga ma’lum bir baho qo‘yiladigan maxsus tizimni joriy etgan.

    Eng yuqori baho – “A” bo‘lsa, eng pasti “D” hisoblanadi. Bahosi qancha yuqori bo‘lsa, o‘yinchiga shunchalik ko‘proq e’tibor qaratilishi kerak. “A” – asosiy jamoada o‘ynash uchun salohiyat mavjudligini anglatsa, “B” – yangi o‘yinchining qabul qilinishi jamoani qaysidir ma’noda kuchaytirishi va kelajakda rivojlanishi mumkinligini bildiradi. “C” esa – uni vaqti-vaqti bilan eslab turish kerakligi belgisidir. Va oxirgi “D” kategoriyasi – uning hech nimaga yaramasligini anglatadi.

    Foto: Liverpool Echo

    Foto: Liverpool Echo

    Shunga qaramay, “Liverpul” bazasidagi aksariyat o‘yinchilar yuqoridagi harflarning so‘nggi ikkisiga tegishlidir, boisi Yurgen Kloppning talab va me’yorlari o‘ta yuqori. “A”ni topish ulkan muvaffaqiyat. Skautlar Edvardsga shoshilinch harakat qilish kerakligini aytadi. Chetdan qaraganda skaut (shartli) himoyachining 15-20 ta o‘yinini tomosha qilib, keyin esa mos emas degan qarorga kelishi g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo faqat shu jarayongina xatolarni minimal darajagacha kamaytirishga imkon beradi.

    Edvards uchun ayni vaqt kelajak kabi muhim emas. Hatto klub Virjil van Deyk va Allison Bekerning transferiga rekord darajadagi summa sarflaganida ham u zudlik bilan zaxira variantlarini izlay boshlagan – kelishuv o‘z samarasini berishi hech qachon kafolatlanmagan-ku axir. O‘zgarmas haqiqat bor: qayerdandir yaxshiroq o‘yinchini topish mumkin. Ammo “muammo”, bu ikkisidan kuchlirog‘ini topish oson masala emasligida.

    Foto: Daily Post

    Foto: Daily Post

    Darhaqiqat, “Liverpul”ning skautlar bo‘limi raqobatdoshlariga qaraganda sezilarli darajada kichik. O‘tgan yilgacha “Manchester Yunayted” barcha futbol mamlakatlarida o‘z vakillariga ega edi. Bu klubda, taxminan, 80 dan ortiq skaut faoliyat olib boradi deganidir. “Liverpul”da esa bu ko‘rsatkich 15 tadan ko‘p emas! Har bir skaut 2-3 mamlakat va mintaqalar uchun javobgar. Skautlar qancha kam bo‘lsa, shuncha mas’uliyat ko‘payadi deb hisoblaydi Edvars. To‘g‘ri, boshqa klublarda xodimlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin, ammo natijalarni yaxshiroq deb bo‘lmaydi.

    “Liverpul” skautlari o‘zlarining “kir ishlardan” qo‘rqmasliklari bilan nom qozongan. Boshqa top-klublarda ko‘pincha skautlar faqat elita jamoalari o‘yinlariga tashrif buyuradi degan fikr bor. Ammo “Liverpul”da futbol ko‘rishdan to‘xtay olmaydigan “telbalar” ishlaydi. Har qanday futbolni.

    Butun jarayon Edvards tomonidan boshqariladi. Uning skautlari to‘liq avtonom bo‘lib, ularda aniq ko‘rsatmalar mavjud, ammo hech kim o‘z uslubini qo‘llashga va 24 yoshdan katta bo‘lgan “dasturlashtirilmagan” futbolchilarni izlashga to‘sqinlik qilmaydi. Ular hatto samolyot chiptalarini ham o‘zlari buyurtma beradi, to‘g‘ri, buning uchun klub hisob raqamlaridan foydalanish mumkin. Edvards ularga to‘laligicha ishonadi va bunday ish uslubi hamma uchun mos keladi.

    Har bir hisobot onlayn tizimga yuklanadi. Garchi klub egalarida har doim bunday imkoniyat bo‘lsa-da, hisobotni yuklagan shaxs uni ko‘rishi mumkin bo‘lganlar sonini cheklash imkoniyatiga ega. Shuningdek, hisobotlarda statistika va sharhlar uchun ham alohida joy mavjud. Misol uchun, futbolchining shaxsiy hayotida muammolar borligini yoki qimor o‘yinlariga berilib ketganligini ko‘rsatish mumkin. Ko‘pincha bu yerda agar futbolchining agenti uning otasi bo‘lsa, uning o‘g‘liga qanchalik g‘amxo‘rlik qilishini ta’kidlash muhim. Tafsilotlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi. Va hozirda har bir o‘yin yozib olinayotgani sababli, videolar ham hisobotga ilova qilinmoqda. Buning uchun InStat’dan foydalaniladi.

    Bundan tashqari “Liverpul” Scout7 deb nomlangan xizmatdan ham foydalanib keladi, ushbu platforma dunyo bo‘ylab o‘yinlar haqida ma’lumot to‘plash imkonini beradi. Klubdagilar o‘zlarining ham shunday tizimini yaratish haqida o‘ylagandi, ammo bunga juda katta mehnat sarf etilishidan cho‘chigan.

    “Asosiysi, ma’lumotlar qanday qabul qilinishida emas, balki ulardan foydalanishdadir”, – deb hisoblaydi Premyer Liganing boshqa bir klubi vakili. Va bu borada ham “qizillar” yana boshqalardan ancha oldinlab ketgan. Bu esa analitika bo‘limiga mas’ul bo‘lgan Ien Gremning sa’y-harakatlari tufaylidir. Shuningdek, “maxfiy qurol” – dasturchi Uilyam Spirmanni ham unutmaslik kerak.
    Edvards juda kamdan kam holatlarda barcha skautlarni bir joyga to‘playdi. Ehtimol, bu yiliga bir yoki ikki marta sodir bo‘lishi mumkin, shunda ham qoida tariqasida faqat Buyuk Britaniyada faoliyat yuritadiganlar keladi. Ba’zan tushlik tashkil etilsa, yana shaxsan Kloppning o‘zi yig‘ilishni tashkil etgan holatlar kuzatilgan. Skautlarni jismonan bir joyga to‘plash juda murakkab ish.

    Ammo shuni unutmaslik kerakki, bunday uyg‘unlik har doim ham kuzatilmagan. Edvards endi ishga kirishganida bir uyum qog‘ozlarga o‘ralishib yurar va ko‘pchilik uning ustidan kulardi. Tabiiyki, bu jamoaning o‘sha paytdagi murabbiyi Brendan Rojersga darhol yoqmagan – yangi xodimning xatti-harakatlari uning obro‘yiga tahdid solayotgandek taassurot uyg‘ongan.

    Ammo Edvards xotirjamlikni yo‘qotmagan, uni Fenway Sports Group vakili Mayk Gordon qo‘llab-quvvatlardi. Gordonga Edvardsning xolisligi va butun jarayonni qanday yo‘l qo‘ygani ma’qul kelgandi. Klopp tayinlanishidan oldin ham Gordon bu juftlikning muvaffaqiyatli ishlashiga umid qilgan. Mana 5 yildirki, ular yaxshi munosabatda va aynan ularning muhokamalaridan so‘ng katta ahamiyatga ega qarorlar qabul qilinmoqda.

    Foto: Liverpool Echo

    Foto: Liverpool Echo

    O‘n yil oldin “Liverpul” boshqa mamlakatlarda skautlarga ega emas edi. Hech bo‘lmaganda doimiy faoliyat yuritadigan. Bunday olib qaralganda, hech qanday strategiya ham bo‘lmagan.

    Videoni yozib olish jarayoni ishni sezilarli darajada osonlashtirganiga qaramay, o‘yinchini jonli ravishda ko‘rish juda muhim. Pandemiyada bu qiyinroq, ammo skautlar imkon qadar sayohat qilishga harakat qiladi. Aynan shu orqali biror bir futbolchining fazilatlarini haqiqatan ham ko‘rish, baholash mumkin. Bu videoda amalga oshirib bo‘lmaydigan jihatdir.

    Kelishi mumkin bo‘lgan futbolchilarning potensial ro‘yxatlari shakllantirilganda yana uchta jihat birinchi planga chiqadi – iste’dod, ehtiyoj va narx. Odatda futbolchilarning transfer qiymati o‘ynab turishi hech kimga sir emas.

    Skautlar esa raqamlar bilan ishlamaydi – barcha “matematiklar” Grem singari Cheltenhemda yoki klub bazasida o‘tiradi. Tahlilchilar muhim, biroq ayrim klublar inson omilidan butunlay voz kechishga ulgurgan, boshqalari esa hamon eski jarayonni afzal ko‘rmoqda. Bu holatda “Liverpul” har ikkala yondashuvni birlashtirib ish olib bormoqda.

    Tajribali skautlar zamonaviy usullardan foydalanishni xohlamaydi. Shu tariqa kimdir bu ishdan ketishga ham majbur bo‘lgan. Shunday insonlardan biri Mel Jonson “Liverpul”ga ketishidan oldin “Tottenhem”ning asosiy skauti bo‘lgan va aynan Garet Beylni sotib olishni u maslahat bergan. Ammo o‘tgan yillardagi yutuqlar allaqachon o‘z ahamiyatini yo‘qotib bo‘lgan – texnologiyalar asri kirib keldi. 25 yil davomida onlayn tizimsiz ishlab kelganlar o‘zining xotirasi va qo‘l yozmalariga ishonishda davom etdi. Boshqa jihatdan olib qaralganda, bu juda xavfli: “Liverpul” nazarida, agar raqiblar skautni o‘ziga jalb qila olsa, uning (yoki “Liverpul”ning) topilmalari ham ketadi. Shuning uchun, barcha ma’lumotlar uchun xavfsiz joy zarur edi.
    Faoliyat muvaffaqiyatining siri o‘zaro bir-birini tushunishda. Klopp va Edvards o‘rtasida doim hamjihatlik bo‘lgan. Skautlarga ham nemisning falsafasi oson va tushunarli ekanligi yordam beradi: u klubga kelganidayoq barchani yig‘gan, ammo uchrashuv uzoqqa cho‘zilmagan. Skautlar kerakli narsani qanday topishni biladi. Ular futbolchi qaysi taktikaga mos kelishi kerakligini biladi. Agar bu tushuncha bo‘lmaganida edi, ularning ishi ancha murakkab tus olardi.

    Shuning bilan birga Kloppning ish etikasi ham boshqalarga o‘tmay qolmaydi. Aytishlaricha, skautlar ta’tilga chiqmaydi va hech qachon futbolni unutib qo‘ymaydi.

    Ular har doim o‘yinlarga tashrif buyuradi va ular juda aqlli. Ular to‘g‘ri savollarni beradi, lekin hech qachon savolga javob bermaydi. Ulardan qaysi o‘yinchi qiziqish uyg‘otgani haqida so‘ralsa, javob har doim bir xil bo‘ladi: “Ha, men shunchaki futbol tomosha qilish uchun kelgandim ...”.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    31.12.2020, 20:10   Izoh (0)   13132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Og‘ir yilning olg‘irlari: 2020-yilning eng yaxshi transferlari haqida

    31.12.2020, 18:14

    Isko, O‘zil, Jiru va boshqalar. Yanvardayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

    31.12.2020, 16:12

    Voz kechilgan hashamat: Millionlar o‘yinidagi eng kamtar millioner Ngolo Kante qanday hayot kechiradi?

    31.12.2020, 14:10

    Karantinli futbol, “takrorlanmas” Chempionlar Ligasi, “Liverpul”ning orzusi va Messining arazlashi. Dunyo futbolida yil yakunlari

    31.12.2020, 12:14

    10 oyga cho‘zilgan Superliga, A Seriyadagi Shomurodov va bekor bo‘lgan musobaqalar. O‘zbek sportida yil yakunlari

    31.12.2020, 10:12

    Islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar (foto)

    31.12.2020, 08:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda may oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj qancha fuqaroga yuridik yordam ko‘rsatilgani aytildi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 20:35

    Erkaklar o‘qisin: Qorin chiqishining oddiy, ammo kutilmagan 4 ta sababi

    Layfstayl | 16 iyun, 20:20

    AQSHning Isroildagi elchixonasi amerikaliklarga mamlakatni tark etishda yordam ko‘rsata olmasligini ma’lum qildi

    Dunyo | 16 iyun, 20:10

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – Xitoy” formatidagi ikkinchi sammitda ishtirok etadi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 19:54

    Edin Jeko “Fiorentina” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 16 iyun, 19:45

    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

    Reklama | 16 iyun, 18:00

    Markaziy bank firibgarlikning yangi turlaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 19:45

    Putin va Erdo‘g‘on Isroil mudofaa kuchlarining Eronga qarshi harakatlarini qoraladi

    Dunyo | 16 iyun, 19:30

    80 foizini davlat to‘laydi: ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

    O‘zbekiston | 16 iyun, 19:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.