• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Og‘ir yilning olg‘irlari: 2020-yilning eng yaxshi transferlari haqida

    Dekabr oyining so‘nggi kuni ham o‘tib bormoqda, shunday ekan 2020-yilning yakunlarini sarhisob qilishning ayni vaqti. Ortda qolayotgan yil ko‘pchilik uchun har tomonlama og‘ir kechgani bor gap, ammo bu so‘zlarning hozir fikr yuritiladigan futbolchilarga umuman daxli yo‘q. Boisi ular aynan mazkur yilda ijobiy natijalarga erishdi.

    “Daryo” quyida o‘quvchilarga 2020-yilning eng yaxshi transferlarini havola etadi.

    Luis Suares: “Barselona”dan “Atletiko”ga

    Foto: Twitter/@Atletico

    Ro‘yxatni “Barselona” afsonasi Luis Suares ochib beradi.  Uzoq yillar davomida katalon klubi sharafini himoya qilgan va u bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan Suaresdan shunchaki voz kechildi. Uning shuncha yillik  mehnatlari qadrlanmadi ham. Biroq iste’dod xor bo‘lmaydi deganlaridek, u darrov o‘ziga yangi jamoa topdi – Madridning “Atletiko” klubi uni quchoq ochib kutib oldi. 33 yoshli urugvaylik hujumchi yangi jamoasida shu qadar ajoyib va foydali harakat qilmoqdaki, go‘yo u o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazayotgandek taassurot uyg‘onmoqda. Ayni damda Suares 7 ta gol bilan Ispaniya La Ligasining eng yaxshi to‘purarlaridan biri bo‘lib turibdi.

    Mavzuga doir: Messi bilan hozirgi munosabati, Ronald Kuman, Bartomeu va “Barsa” darvozasiga urgan golni nishonlamasligi haqida Luis Suares intervyusi

    Ferran Torres: “Valensiya”dan “Manchester Siti”ga

    Foto: Twitter

    “Siti” 27 million yevro evaziga 20 yoshli ispaniyalik futbolchini “Bavariya”ga ketgan Leroy Sanening o‘rnini to‘ldirish uchun xarid qildi. Torres “shaharliklar” bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Hozircha bu transfer o‘zini to‘laligicha oqlamoqda. “Man Siti”ga o‘tish va Gvardiola qo‘l ostida to‘p surish vinger uchun tramplin vazifasini o‘tamoqda. Torres allaqachon “shaharliklar” safida 7 ta gol urishga va hatto Ispaniya terma jamoasida debyut qilish barobarida het-trikni amalga oshirishga ulgurdi. Hozirda uning transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

    Ashraf Hakimi: “Real”dan “Inter”ga

    Foto: “Inter”

    “Real” tarbiyalanuvchisi o‘z klubida qadr topmadi va so‘nggi ikki mavsumni ijara asosida “Borussiya Dortmund”da o‘tkazdi. Aynan o‘sha yerda u futbolchi sifatida ochildi va boshqa klublar e’tiborini o‘ziga qaratishga muvaffaq bo‘ldi. Nemis klubi uni sotib olmaslikka qaror qilgach, “Inter” Hakimini o‘z safiga qo‘shib oldi va yiliga 5 million yevro maoshli besh yillik shartnoma imzoladi. Marokashlik A Seriyaga juda tez moslashdi va Antonio Konte boshchiligidagi “Inter”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Samaradorlik borasida ham unga istalgan himoyachi faqat havas qilishi mumkin – 14 ta o‘yin, 4 ta gol va 3 ta assist.

    Edinson Kavani: PSJdan “Manchester Yunayted”ga

    Foto: Twitter

    PSJ tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan (200 ta gol va 6 ta sovrin) biri 2019/20-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra jamoani tark etadigan bo‘ldi. Urugvaylik hujumchining Parij klubi bilan shartnomasi nihoyasiga yetdi, PSJ esa kelishuvni uzaytirmaslikka harakat qildi. Shu tariqa taniqli hujumchining faoliyatini qayerda davom ettirishi so‘roq ostida qoldi. Asosan, uni MLS bilan bog‘lashdi. Ammo Kavani transfer oynasining so‘nggi kunida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi. Ingliz klubi Edinson bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi. Kavani Premyer Ligada ham “yo‘qolib” qolgani yo‘q, garchi asosiy tarkibdan muqim o‘rin ololmagan bo‘lsa-da, u o‘z imkoniyatlaridan a’lo darajada foydalanmoqda va uni hisobdan chiqarganlarga o‘zining nimalarga qodirligini yana bir marta isbotlab qo‘ydi.

    Eduard Mendi: “Renn”dan “Chelsi”ga

    Foto: Twitter

    Kepaning “qovun”laridan toqati toq bo‘lgan “Chelsi” nihoyat kuzda o‘ziga yangi darvozabon xarid qildi. “Aristokratlar” muxlislari Mendini allaqachon “yangi Chex” deb atashni boshlab yuborgan. London klubi “Renn” darvozaboni uchun 24 million yevro sarfladi. Mendi Frenk Lempard qo‘l ostida o‘tkazgan 16 o‘yinning 10 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

    Mavzuga doir: Petr Chexni hayratda qoldirgan va 6 yil avval ishsiz yurgan “Chelsi”ning yangi darvozaboni Eduard Mendi haqida

    Diogo Jota: “Vulverhempton”dan “Liverpul”ga

    Foto: Twitter

    Jotaning transferi uchun “Liverpul” naq 45 million yevro to‘ladi. Bu Saloh yoki Manega sarflangan mablag‘dan ko‘proq edi. Ammo Jota o‘z o‘yini bilan potensial jihatidan na senegallik va na misrlikdan qolishmasligini isbotlamoqda. U Kloppning o‘yin sxemasiga juda mos keladi va bir vaqtning o‘zida bir nechta pozitsiyalarni yopishi mumkin. “Liverpul” safida 17 uchrashuvdan so‘ng portugaliyalik futbolchining hisobida 9 ta gol, jumladan, Chempionlar Ligasidagi het-trik bor.

    Mavzuga doir: Saloh, Mane va Firminodan iborat hujum uchligini parchalagan “Liverpul”ning yangi qahramoni Diogu Jota haqida

    Alvaro Morata: “Atletiko”dan “Yuventus”ga

    Foto: FootBoom

    Morataning “Yuventus”ga qaytishi ham o‘tgan yilgi  transfer bozorining asosiy voqealaridan biri bo‘ldi. Ispaniyalik Ronaldu bilan birgalikda ajoyib tandem yarata oldi. Morata “keksa sinyora” safida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shubha yo‘qki, “Yuve” allaqachon futbolchining to‘liq transferini qo‘lga kiritish borasida ish olib bormoqda.

    Zlatan Ibragimovich: “Los-Anjeles Gelaksi”dan “Milan”ga

    Foto: Twitter

    Yosh shunchaki oddiy raqam ekanligini isbotlab kelayotgan Zlatan 39 yoshida ham Yevropani qaytadan zabt etmoqda. Yil boshida dastlab “Milan” bilan yarim yillik (keyin tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirdi) shartnoma imzolagan shved bugungi kunga kelib, jamoaning tom ma’nodagi yuragi hisoblanadi. Aynan u kelganidan keyin jamoa o‘zining avvalgi mavqeyini tiklay boshladi. Uning samaradorligiga esa gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas.

    Mavzuga doir Qari bilganni pari bilmas. Qarishni bilmaydigan dunyoning ayni damdagi eng yaxshi 8 futbolchisi haqida

    Brunu Fernandesh: “Sporting”dan “Manchester Yunayted”ga

    Brunu Fernandesh

    Brunu Fernandesh
    Foto: Goal

    Bir qancha muvaffaqiyatsiz transferlardan keyin nihoyat “Yunayted” ajoyib tanlovni amalga oshirdi. Brununing transferi klub uchun 55 million yevroga tushgandi, ammo portugaliyalik o‘z o‘yini bilan bu pullardan-da ko‘prog‘iga arzishini isbotladi. Fernandesh “qizil iblis”larning haqiqiy yetakchisiga aylandi, klub muxlislari esa uni allaqachon Ronaldu bilan taqqoslashni boshlab yubordi. Brunu nafaqat jamoa o‘yinini nazorat qiladi, balki deyarli hech bir bahsni golsiz tark etmaydi.

    Erling Holand: “Zalsburg”dan “Borussiya D”ga

    Foto: Twitter

    Dortmundning “Borussiya”si yilning eng yaxshi transferiga qo‘l urdi deb bemalol aytish mumkin. “Arilar” norvegiyalik katta iste’dod egasi uchun atigi 20 million sarflagandi. Hozir esa Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari qatorida tilga olinadi. Aytish joizki, Erling futbol olamida 2020-yilda koronavirusdan-da ko‘proq shov-shuv ko‘tara oldi.

    2020-yilgi Golden Boy sovrini sohibi uchun bugungi kunda Yevropaning eng nomdor jamoalari kurash olib bormoqda, jarayonni esa koronavirus oqibatida kelib chiqqan inqiroz sekinlashtirib turibdi. Futbol muxlislari 2021-yilning yoziga kelib, Holandni biror top-klub safida ko‘rishsa ajab emas. Uning statistikasi haqida esa yaxshisi gapirmagan ma’qul.

    Mavzuga doir: Futbolchilik qoni, het-triklar, Zlatan, Ronaldu va Chempionlar Ligasi. Ulkan vunderkind Erling Holand haqida

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    31.12.2020, 18:14   Izoh (0)   14308
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isko, O‘zil, Jiru va boshqalar. Yanvardayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

    31.12.2020, 16:12

    Voz kechilgan hashamat: Millionlar o‘yinidagi eng kamtar millioner Ngolo Kante qanday hayot kechiradi?

    31.12.2020, 14:10

    Karantinli futbol, “takrorlanmas” Chempionlar Ligasi, “Liverpul”ning orzusi va Messining arazlashi. Dunyo futbolida yil yakunlari

    31.12.2020, 12:14

    10 oyga cho‘zilgan Superliga, A Seriyadagi Shomurodov va bekor bo‘lgan musobaqalar. O‘zbek sportida yil yakunlari

    31.12.2020, 10:12

    Islom dinini qabul qilgan taniqli futbolchilar (foto)

    31.12.2020, 08:10

    La Liga. “Real” autsayder maydonida g‘alabani qo‘ldan chiqardi, Luis Suaresning goli “Atletiko”ga 3 ochko keltirdi

    31.12.2020, 04:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.