O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisi 2021-yil 6-yanvar kuni chaqiriladi. Bu haqda Senatning axborot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar bermoqda.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi, “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qanday o‘zgartirishlar kiritilishi ma’lum qilingandi. Keyinroq Akmal Saidov Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish masalasidagi bahslarga munosabat bildirib o‘tdi.
Izoh (0)