• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Manfaatlar to‘qnashuvi uchun javobgarlikning o‘zi yo‘q”. Deputat Doniyor G‘aniyev hokimliklardagi tenderlar haqida

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev 29-dekabr kuni Kongress xollda o‘tkazilgan davlat rahbarining Murojaatnomasiga bag‘ishlangan tadbirdan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi. “Gazeta.uz”ning yozishicha, u davlat xaridlari sohasida manfaatlar to‘qnashuviga oid holatlarga qonunchilikda javobgarlik belgilanmaganini ta’kidlagan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Jizzax bilan Andijonda bo‘layotgan voqealar aslida o‘zi yangilik emas. Faqatgina jamoatchilikka endigina oshkor qilingani uchun ‘hayp’ yaratyapti. Bu aslida, yillar davomida amalga oshirilib kelinayotgan amaliyot. Birinchi marotaba bo‘layotgani yo‘q, bu ikki voqea aslida ‘aysberg’ning uchi. Ushbu muammoni deyarli hamma viloyatda topasiz. Bu muammoga Jizzax yoki Andijon misolida emas, balki biz tizimli yechim taklif qilishimiz kerak”, — deydi deputat.

    Shu bilan birga, Doniyor G‘aniyev viloyatlardagi davlat buyurtmalariga oid tender savdolarida tanish-bilishchilik holatlarini Andijon viloyati prokuraturasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rganishi bo‘yicha ham fikr bildirgan.

    “Ularning tekshiruvi natijasida mablag‘larni noqonuniy o‘zlashtirish bo‘lsa, jinoiy javobgarlik qo‘llash mumkin. Lekin agar ko‘rsatilgan mablag‘larga yetarli xizmat taqdim etilgan bo‘lsa, bunga javobgarlikning o‘zi yo‘q. Afsuski qonunlarimiz shunaqa”, — deya qayd etadi Doniyor G‘aniyev.

    Deputat parlament quyi palatasi 1-dekabr kuni qabul qilgan yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasida mazkur muammo o‘z yechimini topganini ta’kidladi.

    “‘Davlat xaridlari to‘g‘risida’gi yangi qonun, o‘ylaymanki, mana shu muammolarga tizimli yechim bo‘yicha ilk qadam bo‘ladi. Bu qonun bilan birinchi marta ma’muriy javobgarlikni belgilaymiz. Hozir Jizzax va Andijondagi voqeada huquqiy javobgarlikning o‘zi yo‘q. Manfaatlar to‘qnashuvi bor. Lekin agar u pulni o‘marmagan bo‘lsa, ya’ni belgilangan mablag‘ga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, unga javobgarlik yo‘q. U faqat manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha davlat xaridlarini buzgan, lekin javobgarlik qonunda belgilanmagan. Biz shu muammoni Qonunchilik palatasida yangi qonun bilan yechib, uni qabul qildik. Hozir Senatga ketgan. Qonun bilan eng yuqorisi — 50 baravargacha (BHMning miqdori — tahr.) ma’muriy javobgarlik belgilayapmiz, texnik xato bo‘lsa, 10 baravargacha jarima qo‘llaniladi”, — deydi Doniyor G‘aniyev.

    Deputat, shuningdek, aslida bu jarima yetarli bo‘lmasligi mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

    “Aslida mening fikrim, bu ham hozircha kam. Qarshiliklar ko‘p bo‘ldi, parlamentning o‘zida kammi, ko‘pmi? degan muhokama bo‘ldi. Mana shuni joriy etsak, birinchi qadam bo‘lsa, buni amaliyotda natijasini ham ko‘ramiz. Ya’ni jarimalarning joriy etilishi ijobiy natija beradimi yoki yetarli emasmi? Yetarli bo‘lmasa, keyingi qadam — kerak bo‘lsa manfaatlar to‘qnashuvi qismiga jinoiy javobgarlikni belgilash kerak. Buni endi amaliyotda bosqichma-bosqich ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qildi deputat.

    Avvalroq Andijon viloyatida “Yagona buyurtmachi xizmati” IK rahbariga taalluqli kompaniya 20 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qabul qilgani, shuningdek, Jizzax shahrini manzarali daraxtlar va gullar bilan bezash uchun 2 milliard so‘m sarflangani va ushbu davlat xaridini qo‘lga kiritgan kompaniya viloyat hokimi qiziga tegishli ekani, qolaversa, Jizzaxda 292,1 milliard so‘mlik davlat buyurtmalarini qo‘lga kiritgan kompaniyalar viloyat hokimi o‘rinbosariga aloqador bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Shundan so‘ng Andijon viloyati prokuraturasi Andijonda davlat xaridlaridagi “tanish-bilishchilik” holatlarini o‘rganishi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxda viloyat hokimining qizi qo‘lga kiritgan bir necha milliardlik davlat buyurtmalari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishini ma’lum qildi.

    Mavzuga doir: Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosarining ukasiga tegishli kompaniya tenderda 20 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasini yutgani ma’lum bo‘ldi

    30.12.2020, 12:11   Izoh (0)   16978
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent viloyatida bir hafta ichida naushnik taqib, temiryo‘l bo‘ylab harakatlangan ikki ayolni poyezd urib ketdi. Ulardan biri voqea joyida vafot etgan

    30.12.2020, 11:27

    O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qonun Senat saytiga joylashtirildi

    30.12.2020, 10:39

    Qashqadaryoda 19 nafar nogironligi bor xotin-qizga yangi xonadon kalitlari topshirildi

    30.12.2020, 10:21

    Surxondaryoda yana bitta quyosh elektrostansiyasi quriladi

    30.12.2020, 08:12

    Toshkent shahri va viloyatida modernizatsiya qilingan 2 ta GES ishga tushdi

    30.12.2020, 07:16

    Andijonda joniga qasd qilgan nabirasini qutqarish uchun o‘zini kanalga tashlagan otaxonning jasadi 9 kun o‘tib topildi

    30.12.2020, 06:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.