• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahri va viloyatida modernizatsiya qilingan 2 ta GES ishga tushdi

    “O‘zbekgidroenergo” tomonidan modernizatsiya loyihalari doirasida ikkita GES 28-dekabr kuni yangidan ish boshladi, deya “Daryo”ga xabar qilmoqda kompaniya axborot xizmati.

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Qayd etilishicha, Toshkent GESlar kaskadi unitar korxonasi tarkibidagi GES-9 hamda Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi unitar korxonasi tarkibidagi GES-14’ning yangi quvvatlardagi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    GES-9 – Toshkent GESlar kaskadi tarkibidagi GES hisoblanadi. U Chirchiq—Bo‘zsuv traktida Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, 1943-yilda ishga tushirilgan.

    Ma’lum qilinishicha, uzoq yillar davomidagi ekspluatatsiya natijasida 75 yildan ortiq muddat davomida GESda o‘rnatilgan elektr qurilmalari, texnologik uskunalar moddiy va ma’naviy jihatdan eskirib, so‘nggi yillarda mazkur GES o‘rnatilgan quvvatlarda ishlamay qolgan edi.

    Modernizatsiya natijasida stansiyada 1 dona gidroagregat o‘rniga har birining quvvati 8,3 megavattdan, umumiy quvvati 16,6 megavattga teng bo‘lgan, 2 dona gidroagregat o‘rnatildi. GES-9’da yangi 16,6 megavatt quvvatli gidroagregatlarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirish natijasida yillik elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 95,0 million kilovatt soatni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida ishlab chiqarish quvvatlarini qariyb 2 barobarga oshiradi.

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Yangi loyiha ishga tushirilishi natijasida Toshkent shahrining 60–70 mingga yaqin aholi xonadonlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini GES-9 orqali qoplashga erishiladi.

    Shuningdek, modernizatsiya loyihalari doirasida Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi unitar korxonasi tarkibidagi GES-14’da olib borilgan modernizatsiya jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlanib, yangi quvvatlarda ishlay boshladi.

    GESning rasmiy ochilish marosimida “O‘zbekgidroenergo”ning mas’ul xodimlari, kaskad rahbariyati va xitoylik hamkorlar ishtirok etdi.

    GES-14 Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi tarkibidagi 1-stansiya hisoblanib, Bo‘zsuv kanalida Toshkent shahridan 15 kilometr uzoqda joylashgan bo‘lib, 1944-yilda ishga tushirilgan.

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Modernizatsiya doirasida stansiyada 2007-yildan beri ishlamay kelgan 1 dona 10,7 megavatt quvvatli gidroagregat o‘rniga quvvati 7,5 megavattdan, umumiy quvvati 15 megavattdan iborat 2 dona gidroagregat o‘rnatildi. Ularning yillik elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichi 90,7 million kilovatt soatni tashkil etadi.

    Yangi 15 megavatt quvvatli gidroagregatlarni o‘rnatish loyihasini amalga oshirish natijasida GES-14 quvvati 4,3 megavattga oshirilib, yillik elektr energiya ishlab chiqarish ko‘rsatkichining ortishi kutilmoqda.

    Yangi loyiha ishga tushirilishi natijasida Toshkent viloyatining 50–60 mingga yaqin xonadonlarining elektr energiyasiga bo‘lgan talabini GES-14 orqali ta’minlashga erishiladi.

    “O‘zbekgidroenergo” tomonidan Toshkent GESlar kaskadi (GES-9) hamda Quyi-Bo‘zsuv GESlar kaskadi (GES-14) modernizatsiyasi investitsiyaviy loyihalari Xitoyning “Eksimbank” kreditini jalb qilgan holda amalga oshirildi.

    Modernizatsiya ishlari jamiyatning nufuzli xorijiy hamkori, loyihaning bosh pudratchi tashkiloti hisoblangan Xitoyning Power Construction of China Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekgidroenergo” axborot xizmati

    GESlarda yangi o‘rnatilgan texnologik jihozlar aqlli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga ulandi. Bu, o‘z navbatida, elektr qurilmalarini zamonaviy kuzatuv kameralari orqali real vaqt rejimida masofadan kuzatish imkoniyatini beradi.

    “O‘zbekgidroenergo” tomonidan 2020-yilda umumiy quvvati 118,3 megavatt bo‘lgan 6 ta investitsiya loyihalari doirasida 2 ta yangi GES va 4 ta modernizatsiya doirasidagi GESlar yangi quvvatlarda foydalanishga topshirildi.

    2020-yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari doirasida 543 million kilovatt soat elektr energiyasini ishlab chiqarilishiga zamin yaratiladi. Mazkur loyihalarning ishga tushirilishi natijasida qo‘shimcha 220 dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratildi.

    Avvalroq Qashqadaryodagi Oqsu daryosida GES qurilishi hamda Qibrayda 1933-yilda qurilgan Qodiriya GES modernizatsiya qilingani hamda xabar berilgandi.

    30.12.2020, 07:16   Izoh (0)   17746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda joniga qasd qilgan nabirasini qutqarish uchun o‘zini kanalga tashlagan otaxonning jasadi 9 kun o‘tib topildi

    30.12.2020, 06:09

    Toshkentda metro relsiga o‘zini tashlagan mast ayol voqeasi yuzasidan IIV ma’lumot berdi

    29.12.2020, 23:59

    O‘zbekistonda bayramlarda qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar uch kundan kam bo‘lmagan muddatga belgilanadi

    29.12.2020, 23:13

    Shavkat Mirziyoyev: “Otalar so‘zi — aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvining soni ko‘paytirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi

    29.12.2020, 22:51

    “Nuroniy” jamg‘armasiga 2021-yilda byudjetdan 100 mlrd so‘m ajratiladi

    29.12.2020, 22:18

    O‘zbekiston Markaziy banki o‘lchovli oltin quymalarni qaytarib sotib olish qiymatining hisob-kitobi to‘g‘risida ma’lumot berdi

    29.12.2020, 22:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.