• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qator hududiy boshqarma rahbarlari faoliyatidagi kamchiliklar tufayli ishdan olindi

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilib, vazifalaridan ozod etildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati ma’lum qildi.

    Qayd etilishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Uni agentlik direktori Akmalxon Ortiqov olib bordi. Yig‘ilishda agentlik markaziy apparati, tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

    Kun tartibidagi masalalar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijadorligi tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 27-oktyabrdagi farmoni va 28-oktyabrda o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishining 85-son bayoni ijrosi yuzasidan markaziy apparat va hududiy boshqarmalar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

    Agentlik direktori A. Ortiqov Prezident farmoni ijrosini bajarishda hududlarda yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklarni sanab o‘tdi. Jumladan, bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan, past rentabelli, faoliyatsiz korxonalarni tugatish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

    Shuningdek, davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tizimga kiritish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, xususiylashtirish dasturi doirasida davlat mulki obyektlari o‘z vaqtida savdoga chiqarilmagan, aktivlarni xususiylashtirish tushum prognozlari to‘liq bajarilmagan, joylarda tashkil etilgan Korxonalarni sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish klinikalariga kelgan murojaatlarning ayrimlari elektron dasturga kiritilmagan.

    Shulardan kelib chiqib, o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmay, faoliyatida o‘zi bo‘larchilik va sansalorlikka yo‘l qo‘ygan agentlikning Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston hududiy boshqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilib, vazifalaridan ozod etildi. Agentlikning Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlariga ishdagi kamchiliklar uchun hayfsan e’lon qilindi.

    Agentlik markaziy apparatining bir nafar boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 6 ta departament boshlig‘iga ishdagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilib, so‘nggi marotaba ogohlantirildi.

    Barcha rahbarlar uchun bir oy sinov muddati belgilandi, ishda o‘zgarish qilmagan rahbar va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilishi belgilab olindi.

    Yig‘ilish natijasi bo‘yicha tizim oldida turgan vazifalar yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, Akmalxon Ortiqov 25-dekabr kuni agentlikning yangi rahbari etib tayinlangan edi.

    Avvalroq Tadbirkorlarning muammolarini hal qilmagani sababli Buxoro, Jondor va Sirdaryo tumanlari hokimlari ishdan olingani haqida xabar berilgandi.

    30.12.2020, 19:42   Izoh (0)   14429
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda dam olish kunlari avtobuslar qay tartibda harakatlanishi ma’lum qilindi

    30.12.2020, 19:10

    100 yoshdan oshgan qashqadaryolik momo “Shuhrat” medaliga munosib ko‘rildi

    30.12.2020, 18:55

    Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov: “2020-yilda aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi”

    30.12.2020, 18:09

    Samarqandda mahallaga suv toshiradigan ariqdagi beton to‘siq buzib tashlandi

    30.12.2020, 17:53

    O‘zbekistonda Yangi yil tadbirlarini to‘yxona, mehmonxona, restoran hamda kafelarda nishonlashga ruxsat berildi

    30.12.2020, 17:46

    O‘zbekistonga 2020-yilda 2,4 mln dollarlik elektromobil import qilingan

    30.12.2020, 16:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.