• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Uyga qaytgan bilan hayot o‘nglanib qolmaydi. “Rangsiz tushlar”ning ranglari haqida

    24-dekabr kuni Yoshlar ijod saroyida rejissor Ayub Shahobiddinovning “Rangsiz tushlar” filmi premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu premyerada qatnashgan “Daryo” muharriri Eldar Asanov filmdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: “O‘zbekkino”

    Foto: “O‘zbekkino”

    Ayub Shahobiddinovning anchadan buyon kutilayotgan filmi – “Rangsiz tushlar” men uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Kartinaning nomi badiiy va mavhumligi bois u syujetga hech qanaqasiga ishora qilmaydi, shuning uchun premyera kuniga qadar nima ko‘rishimizni, qanday mavzuga qo‘l urilganini bila olmadim, ochig‘i. Shuning uchun katta ekranda namoyish boshlanishi uchun o‘zbek kinosiga xos bo‘lmagan og‘ir, psixodelik atmosferaga sho‘ng‘ib ketdim.

    “Rangsiz tushlar”, shubhasiz, sifatli olingan, dolzarb mavzuga bag‘ishlangan filmdir. Film mavzusi bugungi kun uchun o‘ta aktual bo‘lgan bir necha muammoni qamrab olib, bir kishining – bosh qahramonning taqdirida ko‘rsatishga urinadi. Lekin, shu bilan birga, film ideyasi oxirigacha realizatsiya qilinmagandek, ijodkorlarning gapi aytilmay qolgandek tasavvur uyg‘ondi. Keling, bir boshidan boshlaymiz.

    Syujet

    Film voqealari juda oddiy. Butun videoqator davomida aytarli konfliktlar uchramaydi. Kino bir zamonlar ro‘y bergan fojianing oqibatlari bir oilaga qanday ta’sir qilganini, ular qanday qilib hayotini izga solishga urinayotganini namoyish etadi. Shu bois syujet asnosida o‘tmishdagi ixtilof ko‘p esga oladi, lekin qahramonlarning bugungi kuni nisbatan sokin, tinch o‘tadi. Kinematografda bu “o‘tib ketgan konflikt” deyiladi. Bunda umrining salmoqli qismi o‘tib ketgan, o‘tmishdagi ba’zi voqealar oqibatida hayoti izidan chiqqan yoki o‘zi xohlaganday hayot qura olmagan 40–45 yoshli personajlar syujet markaziga qo‘yiladi. Ayub Shahobiddinov bunaqa priyomga ko‘p qo‘l uradi – uning “Kechikkan hayot” filmi ham xuddi shunday toifadagi qahramonlarni ochib berishga urinish edi.

    Voqea markazida Kashmira (Feruza Saidova) ismli ayolning taqdiri turadi. Ekspozitsiyadan bilamizki, u qandaydir sababga ko‘ra uzoq muddat oilasi quchog‘ida bo‘lmagan, qaytganidan so‘ng esa oila a’zolarining ko‘pchiligi uni qabul qilishga tayyor emas. Ukalari, opasi Kashmirani ko‘rgani kelmaydi; kichik ukasi Jamshidning (Bekzod Abdumuhitov) xotini (Asal Abdullayeva) uydan ketib qoladi (“qizim sizni ko‘rib ulg‘ayishini istamayman”, deb o‘z motivlarini tushuntiradi u qaynopasiga). Kashmiraning otasi (Karim Mirxodiyev) esa hamisha jim, qiziga ma’yus qaraydi, qizi nigohini olib qochadi.

    Film asnosida Kashmira qasddan odam o‘ldirgani uchun 17 yilga qamalganini bilib olamiz. Oradan shuncha yil o‘tib uyiga qaytgan sobiq mahbus, jinoyatchi hayotini izga tushirishga urinadi: qarindoshlari bilan til topishishga harakat qiladi (chaqirilmagan bo‘lsa ham, ukasi Po‘latning tug‘ilgan kuniga boradi, kelinini uyga qaytarishga urinadi), ish qidiradi (asosan rad javobini oladi).

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Faqat onasi (Shohida Ismoilova), onasiz o‘sayotgan (ya’ni o‘zi ham bir yog‘i kemtik bo‘lgan) jiyani va Nargiza ismli dugonasi unga yaxshi munosabatda bo‘ladi. Lekin bu Kashmiraga ozlik qiladi. U baribir yo‘lini topolmaydi. Chunki gap faqat atrofdagilar uni qabul qilmayotganida emas, bir qo‘rqinchli siri borligida. O‘sha sir unga tinchlik bermaydi. Uni hech kim bilmasligi uchun 17 yil umrini qurbon qilgan ayol yuragidagi bu og‘riqdan qutulishi ilojsiz bo‘lsa kerak. Film rejissori ham yakunda shunaqa xulosa berganday bo‘ladi – u sirini ovoz chiqarib aytadi, lekin yengil tortmaydi, hayoti joyiga tushmaydi.

    Film ko‘targan muammolar

    “Rangsiz tushlar”da bir qator o‘ta dolzarb ijtimoiy muammolar bitta oila misolida ko‘rsatib beradi. Avvalo bu odam savdosi kabi tahdidlar oldida kuchsizlikdir. Kashmira aldanadi, chet elda uzoq yillar sarson bo‘ladi, dahshatli qiyinchiliklardan so‘ng oilasi bag‘riga qaytadi. Uning timsolida rejissor aldangan, olib qochilgan, sotib yuborilgan ayollarning umumiy qismatini ko‘rsatishga urinadi. Kashmira obrazining ramziyligini nafaqat ismidan (Hindiston va Pokiston orasida qolib ketgan ayanchli ahvoldagi o‘lka – Kashmir), balki oila a’zolarining aksariyati nomsiz ekanidan bilinadi. Kashmiraning oilasi – shunchaki sassiz, nomsiz ramzlar, ular kinoning tadqiqot obyekti bo‘lmish ayolning qiynoqlarini ochib beradigan eksponatlardir.

    Lekin film problematikasi bu bilan cheklanmaydi. Navbatdagi muammo marginalizatsiyadir.

    Ma’lumot uchun:

    Marginalizatsiya – muayyan jamiyat a’zosi qandaydir sababga ko‘ra jamiyat axloqi yoki tartibi me’yorlariga nobop deb hisoblanib, jamiyatdan chekkaga chiqarib qo‘yilishi, ijtimoiy munosabatlardan ajratilib, yakkalanib qolishi.

    17 yil o‘tirib chiqqan, chet ellarda shubhali davralarda bo‘lgan ayol kishi, tabiiyki, jamiyatga osonlikcha qayta qabul qilinmaydi: uchastka noziri u bilan qo‘pol gaplashadi, boshqalar oldida izza qiladi, ish beruvchilar uni ostonasidan quvadi. Qaniydi Kashmiraning fojiasi shu bilan tugasa – jamiyat voz kechgan qizdan oilasi ham allaqachon voz kechgan, o‘lik deb e’lon qilgan, usiz yashashga o‘rganib qolgan. Kashmiraning qaytishi oila a’zolari uchun quvonch emas, yangi tashvish, o‘tmish bilan, jamiyat ta’nasi bilan yuzlashish qo‘rquvi. Bir ukasi uni deb ishini yo‘qotgan, bu ishini ham yo‘qotishni istamaydi, shunga masofa saqlaydi; pochchasi opasini Kashmira bilan ko‘rishishga qo‘ymaydi; kelini qotil bilan bir uyda yashashni istamay, uydan ketadi, otasi ruxsatsiz ketib qolganini kechira olmaydi, yana bir ukasi esa jamiyatning gap-so‘zidan qo‘rqib, marginallashgan qarindoshidan uzoq yuradi. Xullas, Kashmiraning yaqinlari ichiga qaytishi quvonch keltirmaydi, u ortiqcha yukka, tashvishga aylanadi.

    Bunday syujet – muayyan qolipga tushmaydigan odam jamiyatga va oilasiga begona bo‘lib qolishi hayotda juda ko‘p uchraydigan narrativdir. Atrofimizda har kuni shunday odamlarni ko‘ramiz: kimdir o‘tmishdagi xatolari uchun, kimdir nogironligi uchun, yana kimdir e’tiqodi, ishonchi, qarashlari uchun, kasbi uchun jamiyatdan surib chiqariladi. O‘zimiz ham ommaga qo‘shilib bunday odamlarni kamsitamiz, eng kamida orqasidan g‘iybat qilib qo‘yamiz. Lekin har bir insonning buguni ortida murakkab o‘tmishi, taqdir qiyinchiliklari, fojialar, biz bilmaydigan jiddiy sabablar turganini o‘ylab ko‘rmaymiz. Jamiyat uchun har qanday fohisha tabiatan buzuq, Suriyaga ketib qolgan har qanday ayol tabiatan radikal-buzuqi. Ammo bundaylar orasida yuzlab, minglab Kashmiralar bor. Jamiyat ularni tushuna olmagani, qabul qilmagani mayli, kechirmaydi ham. “Qazisan, qartasan, asl zotingga tortasan” degan “xalq donoligi”ga muvofiq, qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan, jamiyatga qaytishga intilgan odamlar ham doim shubha ostida bo‘ladi, osonlikcha jamiyat ishonchini qozona olmaydi. Kashmira ham oddiy bo‘lishga, yo‘lini topishga, ishga kirishga, oilasi bilan ahil-inoq bo‘lishga chiranadi, biroq hamma joyda anglamaslik va kechirmaslik devoriga peshonasi uriladi. Bunday munosabatga yo‘liqavergan inson bir kun kelib muqarrar “E bor-e, tupurdim bariga!” deydi va endi marginal hayotga o‘rgana boshlaydi – eski qiliqlariga qaytadi, o‘zi kabilarning davrasini qidira boshlaydi. Xullas, jamiyatga (faqat bizning jamiyatga emas, juda ko‘p jamiyatlarga) kechirimlilik, tushunish, hamdardlik yetishmaydi. Biz kimlarnidir o‘zimizdan uzoq tutamiz deb, aslida ularning taqdirini sindirishda ishtirok etamiz, ijtimoiylasha olmagan odamlarni yanada ko‘paytiramiz.

    Beixtiyor Frans Kafkaning “Evrilish” qissasi yodga tushadi. Unda jamiyatga, oilaga kerak bo‘lmay qolgan odamning ayanchli taqdiri o‘ta beshafqat, fantastik shaklda bayon qilingan. Shuning uchun bo‘lsa kerak, bu asar bu yo‘sindagi syujetlar klassikasi hisoblanadi. “Rangsiz tushlar” ana shu “Evrilishning” realistik, bugunga bog‘langan variantidir.

    Suriyadan qaytgan, qamalgan, ajrashgan, imkoniyatlari cheklangan va hokazo aholi guruhlarini qayta ijtimoiylashtirish, jamiyatning teng huquqli a’zolariga aylantirish – bugungi kunning o‘ta dolzarb muammosi. “Rangsiz tushlar” mana shunday o‘tkir masala ustida mulohaza yuradi va yangi o‘zbek kinematografida balki birinchi marta muammoni jabrdiyda nuqtayi nazaridan ko‘rsatib beradi. Biz ko‘pchilikning nuqtayi nazarini ko‘raverib o‘rganib ketganmiz, shuning uchun “Rangsiz tushlar” ko‘pchilik uchun kutilmagan, yangi yondashuv bo‘ladi deb ishonaman.

    Kartinada aksini topgan yana bir muhim, dolzarb masala gender muammosidir. Zotan bu muammo yuqoridagi muammolar zamirida yotadi: an’anaviy jamiyatda ayol bo‘lish juda qiyin. Bu boradagi ba’zi fikrlarimni boshqa maqolalarimda bayon qilgan edim. Kashmira erkak bo‘lganida, u jamiyatga qayta qo‘shilib ketishi, ish topishi bu darajada qiyin kechmasdi; oilasi uni osonroq qabul qilardi; eng muhimi, u mudhish sirini saqlab yurishdan qo‘rqmasdi. An’anaviy jamiyatdagi ayollarning nomusi nozik masala bo‘lgani uchun ham juda ko‘p xotin-qiz boshidan o‘tgan “sharmandali” ishlarni sir saqlash uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi. Hatto o‘zi aybdor bo‘lmasa ham, baribir endi u “sharmanda” bo‘ldi, nomiga “dog‘ tushdi”, baribir uni avvalgiday qabul qilishmaydi, nari borsa achinishadi, lekin hech kim hayotini bog‘lashni istamaydi, hech kim o‘ziga teng ko‘rmaydi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Filmdagi juda qiziq epizodik obrazlardan biri Kashmiraning dugonasi Nargizadir. U ham dahshatli kunlarni boshidan o‘tkazgan, u ham chet elda azob yegan, uni ham oilasi rad etgan. Lekin Nargiza Kashmirachalik qayg‘uga tushmagan, tezda vaziyatga to‘g‘ri baho berib, hayotini o‘zi tushunganicha iziga solib olgan: oila bag‘ridagi, rasmiy ishdagi an’naviy ayolga aylanmagan, lekin marginal davralarda o‘rnini topib, sokin, nisbatan baxtli hayot kechira boshlagan. Nargiza va Kashmira ayollarning bunday vaziyatga ikki xil reaksiyasini ko‘rsatib beradi – ba’zi ayollar umr bo‘yi ich-etini yeb yashasa, ba’zilari tezda jamiyatga qo‘shilish, oilasiga qovushish maqsadidan voz kechib, marginal hayot ichidan baxtini topadi.

    Filmning muammolari va fokusi

    Filmning eng asosiy muammosi uning xronometraji qisqaligidadir. Chamamda, u 1 soat 15 daqiqa davom etdi. Voqealar rivoji sekin borganidan, bosh qahramonning xarakteri sekin ochib berilganidan, o‘tmishiga uzoq vaqt davomida oydinlik kiritilgani bois men syujet endi avjiga chiqadi deb turgandim. Va u eng avjida uzildi, bitdi.

    Nega bunday bo‘lganini tushuna olmadim. Film qahramonlari ramziyligi, voqea chigalliklari yechilishi maqsad qilib qo‘yilmagani tushunarli. Lekin qisqalik, birinchidan, mohiyat to‘liq ochilishiga imkon bermagan. Ba’zi obrazlar endi tanish, yaqin bo‘lib qolganida film tugaydi. Ikkinchidan, filmning aksenti, fokusi o‘zgarib ketgan.

    Yuqorida aytganimdek, “Rangsiz tushlar”da qator o‘tkir muammolar ko‘tariladi. Bu muammolar uning mohiyatini tashkil etishi kerak edi. Kashmirani oilasi yoki jamiyat qabul qilishi, u baxtli bo‘lishi, yoki jamiyatda o‘rnini topolmay o‘lishi shart emasdi. Shunchaki uning ichki dunyosini ko‘proq taftish etish kerak edi. Voqeani sir ochilishida bitirmaslik kerak edi. Buning oqibatida butun film davomida tomoshabinga singdirilib kelgan marginallik leytmotivi ikkinchi planga o‘tib qoladi, asosiy e’tibor Kashmiraning siriga qaratiladi. Rejissor “uning siri nima?” degan savol qo‘ygan-u, shu sirni ochib, maqsadiga erishgan, degan tasavvur uyg‘otadi. Bu filmni juda jo‘nlashtirib qo‘yadi. Biz unda ko‘rgan yuksak ma’nolar tasodifiy yoki ikkilamchiday tuyulib qoladi. Bu filmning eng jiddiy nuqsonidir.

    Yana bir savol tug‘iladi: Kashmiraning hayoti iziga tushishi, marginallikdan chiqib ketishi filmning yakuniy maqsadi emas ekan, unda Lola Eltoyevaning obrazi – tikuv sexi direktori syujetga nega kiritildi? U Kashmirani tushuna olgan, unga imkon bergan, uni sotsializatsiya qilishga uringan yagona personaj edi. Ammo uning sa’y-harakatlari oxiriga ko‘rsatilmadi, syujet arkasi chala tugab qoldi. Direktor, sex Kashmiraning hayotida qanday o‘zgarish yasagani ko‘rsatilmadi. Lola Eltoyevaning qahramoni syujetning mazmunsiz komponentiga aylanib qoldi.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Bir so‘z bilan aytganda, film ijodkorlari juda katta ishga qo‘l urib, juda buyuk masalalarni qo‘zg‘ab qo‘yib, hammasini chala-yarim tugatib qo‘ygan. Bunga nima sabab bo‘lgan – budjet yetishmovchiligimi, senzurami, erinchoqlikmi? Ba’zida ijodkor juda katta asarni boshlab qo‘yib, keyin bitirishga kuch va ilhom topa olmaydi. “Rangsiz tushlar”da balki shunday bo‘lgandir? Anig‘ini bilmadim. Lekin film davomida yuzaga kelgan juda kuchli taassurot uning mujmal va bevaqt yakunidan buzilib ketdi. Bastakor buyuk simfoniyani boshlab qo‘yib, uni fortepyanoning ritmga tushmagan chiyilloq pardasida tugatib qo‘yganday bo‘ldi.

    Boshqa jihatlar

    “Rangsiz tushlar”ning mazmuni, ijtimoiy ahamiyati haqida ko‘p yozdim. Chamamda, yuqoridagi bayonning o‘zi o‘quvchida umumiy tasavvur hosil qilishga, ko‘rish-ko‘rmaslik masalasida bir qarorga kelishga yetarli bo‘lsa kerak. Kinoning boshqa jihatlariga qisqacha to‘xtalib o‘taman.

    Aktyorlar ijrosi. Karim Mirxodiyev juda chuqur obraz yarata olgan: u ko‘p gapirmaydi, o‘zi kadrda ko‘p ko‘rinmaydi, lekin farzandining taqdiridan ezilgan, ham unga achinadigan, ham kechira olmaydigan otaning nigohidan hamma narsani tushunib olamiz. Balki u Kashmiradan ko‘proq qiynalayotgandir.

    Filmdan kadr

    Filmdan kadr

    Filmning bosh yulduzi, shubhasiz, Kashmira – Feruza Saidovadir. U o‘z obrazini katta mahorat bilan ochib bergan. Kashmira urilib-surilib aqli kirgan odam emas; u haligacha xato qiladi, haligacha aqlini yo‘qotib turadi; uydan birinchi marta ketganida boshiga tushganlari esidan chiqib, yana ketmoqchi bo‘ladi, otasining g‘amgin va ayblovchi nigohigina uni to‘xtatib qoladi.

    Kashmiraning kichik ukasi Jamshidga ham ko‘p diqqat qaratilgan, lekin uning xarakterini tushuna olmadim: bir opasi qaytganidan xursand, bir opasidan qutulmoqchi, bir uni tushunishga intiladi. Bunday kayfiyat evrilishlari aslida ko‘p uchraydi, lekin personajning motivlari tushuntirilmagan, ruhiy qiynoqlari yaxshi ochib berilmagan.

    Kashmiraning jiyani – juda yaxshi obraz. Onasi tashlab ketgan, otasi boshqa oila qurgani uchun buvisi va buvasi bilan yashaydigan mitti bolakayning o‘zi ham ma’lum ma’noda Kashmiraning ahvolida, uning ijtimoiy sharoitini reproduksiya qiladi. Shu tufayli ular tez til topishadi, bolakay ammasiga bog‘lanib qoladi.

    Qolgan obrazlar kadrda juda kam ko‘ringan, ular haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga ulgurmadim.

    Postanovka biroz arzonroq, jo‘nroq tuyuldi. Bu rejissorning ijodiy maqsadi ham bo‘lishi mumkin, lekin ora-orada ko‘rsatib turilgan fleshbeklar – Kashmiraning o‘tmishdan qo‘rqinchli xotira uchqunlari – bu konsepsiyaga uncha mos tushmagan. Sodda, uzun, kamharakat, bir maromdagi kadrni ahyon-ahyonda yorib kiradigan rangsiz (Kashmiraning yomon xotiralari rangsiz kadrlarda ko‘rsatiladi), qo‘l kamerasida olingan qisqa kadrlar umumiy vizual qatordan biroz ajralib turadi. Fleshbeklarni ko‘paytirish, qimmatlashtirish (murakkabroq sahnalarni namoyis etish), ularning yordamida Kashmiraning fojiasini ochib berish ham filmni uzaytirar, ham tomoshabinning tasavvurini jonlantirar, fojiani gap bilan emas, tasvir bilan hikoya qilib berardi.

    Operatorlar ishi an’anaviy, klassik kinematograf prinsiplariga xos – bir maromdagi kamharakat uzun kadrlar. Ayni paytda, operator ulkan va befarq shahar qiyofasini juda mazmundor va chiroyli ochib bergan. Bu shaharda, o‘zi kabi millionlab odamlar ichida ko‘rinmay ketadigan mitti, himoyasiz Kashmira juda muvaffaqiyatli ko‘rsatilgan.

    Filmda aksariyat kadrlar o‘rta va yirik planda. Chamamda, yirik planlar biroz yetishmagan – ular aktyorlar mimikasini va hissiyotlarini yaxshiroq ochib berardi, nazarimda. Bundan tashqari, Kashmiraning ruhiy holatini, tez-tez o‘zini yo‘qotib turishini inobatga olsak, uning bu ahvolini Dutch Angle yordamida ochib berish samaraliroq bo‘lar edi, menimcha. Xullas, kadr xilma-xilligi filmni yanada boyitishi va ta’sirchanroq qilishi mumkin edi.

    Xulosa

    “Rangsiz tushlar” – tushunarsiz film. Uning ustida professionallar ishlagani, syujet va obrazlar chuqur ishlab chiqilgani ko‘rinib turibdi. Ayni paytda, ijodiy topilmalar kamdek. Ijodkorlar fikrini oxirigacha aytmagandek.

    Nima bo‘lsa ham, “Rangsiz tushlar” ko‘rishga arziydigan film bo‘lgan, deb ayta olaman. Ba’zi tomoshabinlar men kabi uning yakunidan yoki qisqaligidan qoniqmas balki. Lekin eng kamida marginal odamlar muammosiga, ayollar muammosiga boshqa burchakdan qarashni o‘rganadi. “Iya, buyog‘ini o‘ylab ko‘rmagan ekanman”, deb o‘ylaydi. Keyingi safar hayot qiyinchiliklaridan qaddi bukilib qolgan odamni uchratsa, unga mehribonroq munosabatda bo‘ladi. Filmning eng katta yutug‘i mana shu bo‘lsa kerak.

    Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazariga mos kelmasligi mumkin.

    26.12.2020, 10:13   Izoh (0)   39979
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Choliqushi” seriali yulduzi – Aydan Shener ekranlarga qaytmoqda

    25.12.2020, 10:36

    “Tom va Jerri” haqidagi to‘liq metrajli filmning posteri e’lon qilindi. Unda sichqon mushukni yana qiynayotgani tasvirlangan

    25.12.2020, 08:37

    Netflix zo‘ravonlikda ayblangan aktyor Shaya LaBafni “Oskar”ga nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirib tashladi

    24.12.2020, 12:02

    Netflix “2020, kuning bitdi!” filmining treylerini taqdim etdi

    23.12.2020, 11:44

    Tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan “Muhtasham yuz yil” seriali qahramonlari (foto)

    20.12.2020, 21:53

    90-yillarning eng mashhur hind aktrisalari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    17.12.2020, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36

    Ravshan Ermatov: “Futbolchilar 6-iyun kuni tushgacha vatanga qaytishi kutilmoqda”

    Sport | 6 iyun, 09:26

    Temur Kapadze: “Xudoga va o‘zimizga ishonib, oldinga dadil qadam tashladik”

    Sport | 6 iyun, 08:51
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.