NASA “Perseverans” marsoxodining Marsga qanday qo‘nishi tasvirlangan animatsiya bilan bo‘lishdi. Ikki oydan so‘ng bu amalda sinaladi
NASA agentligi “Perseverans” marsoxodi Marsga qanday qo‘nishi tasvirlangan animatsion video bilan bo‘lishdi.
Sayyora atmosferasini yorib o‘tganidan so‘ng ichida marsoxod bor kapsula avvaliga parashyut bilan pastga tusha boshlaydi, keyinroq u ochilib, rover bilan birga dron uchib chiqadi. U o‘zining dvigatellari yordamida “Perseverans”ning yumshoq qo‘nishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 31-iyun sanasida NASA bortiga Perseverance nomli yangi apparat o‘rnatilgan Atlas V raketa-tashuvchisini Kanaveral sahrosidan uchirgan edi.
Missiya rejasiga ko‘ra, rover 2021-yilning 18-fevralida Mars yuzasiga borib qo‘nishi kerak. Missiyani amalga oshirish uchun jami 2,1-2,7 milliard dollar sarflanishi kutilmoqda.
Mavzuga doir: