OnePlus kompaniyasi qo‘ng‘iroqlar vaqtida hamda foydalanuvchining nafas olish taktiga qarab orqa qopqog‘i rangini o‘zgartirishga qodir smartfon konseptini namoyish etdi, deb xabar beradi GSM. Konseptning asosini OnePlus 8T tashkil etgan.
“Nafas” effektining amalga oshishi uchun qurilma qopqog‘iga radar o‘rnatilgan bo‘lib, u foydalanuvchining nafas olishi va qo‘lining harakatlarini kuzatishga qodir. Shuningdek, devays qopqog‘i ostiga o‘rnatilgan maxsus plyonka tarkibida metall oksidi ham bo‘lib, u rangini to‘q ko‘kdan yorqin kumushrangga o‘zgartira oladi.
Konseptual OnePlus 8T sotuvga chiqmaydi.
Avvalroq yangi Nubia smartfoniga “aqlli” shishaga ega buqalamun-qopqoq o‘rnatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)