Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Tottenhem” Angliya Liga Kubogi chorak finalida 23-dekabr, chorshanba kuni “Stok Siti”ni mag‘lubiyatga uchratdi (3:1) va musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Bu londonliklar ustozi Joze Mourinyo uchun Liga Kubogidagi beshinchi yarim final bo‘ladi. Final yo‘llanmasi uchun “shporlar” Chempionship vakili “Brentford” bilan kuch sinashadi.

Bunga qadar portugaliyalik mutaxassis “Chelsi” (2004/05, 2005/06 va 2014/15-yilgi mavsum) va “Manchester Yunayted” (2016/17) bilan ushbu natijani qayd etgandi. Mourinyo jamoalari ularning barchasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Agar londonliklar finalga yo‘llanma ola bilsa, hal qiluvchi bahsda “Manchester Yunayted” — “Manchester Siti” uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.

“Stok Siti” — “Tottenhem” uchrashuvida urilgan gollarni bu yerda ko‘rish mumkin — video.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi