“Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ko‘zini bog‘lab olishiga nima sabab bo‘layotgani va bunga majbur qilgan kasallik haqida gapirdi.
Bu autoimmun xastalik — miasteniyak umrim qolgani haqidagi mish-mishlarni eshitdim, nima bo‘lgan taqdirda ham men tirikman va ishonchingiz komil bo‘lsin, men o‘lmayman. Men bu xastalik bilan 10 yildan beri yashab kelaman, u menga uchinchi marta shikast yetkazmoqda va bu safargisi kuchli zarba bo‘ldi. Albatta, hammasi ortda qoladi va men yana o‘z holimga qaytaman. Bunday ko‘rinish o‘zimga ham yoqimsiz tuyilmoqda, biroq bu o‘tib ketadi.Miasteniya — autoimmun xastalik bo‘lib, unda qovoq mushaklari zaiflashishi, ko‘zoldi tasvirining o‘zgarishi, talaffuzdagi buzilishlar, chaynov mushaklarining sustlashishi, yutinishning qiyinlashishi, bo‘yinda og‘irlik, qo‘l-oyoqlarning kuchsizlanishi kabi belgilar bilan kechadi.Garchi buni o‘yinchilardan yashirishga harakat qilgan bo‘lsam-da, ular bu holimdan xavotirga tushdi. Men o‘zim bilan juda qattiq olishdim. Odamlar meni bunday holatda ko‘rayotganidan o‘zimda emasman. Biroq uni qabul qilish kerak, chunki hayotda bundanda yomonroq vaziyatlar bo‘lishi mumkin.
Jennaro Gattuzo, “Napoli” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)