• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afrikaning vijdoni. “Afrikalik Che Gevara” Toma Sankara shaxsiyatiga nazar

    Burkina Faso Afrika g‘arbida joylashgan davlat. 1984-yil avgustiga qadar mamlakat Yuqori Volta nomi bilan eski tarix xaritalaridan joy oldi. Shimolda Mali, sharqda Niger, janubiy sharqda Benin, janubda Togo va Gana, janubiy g‘arbda Kot-d’Ivuar kabi mamlakatlari bilan chegaradosh. Hozirda 274 ming kvadrat kilometr hududga va 20,8 million aholiga ega. Poytaxti Uagadugu shahri. “Daryo” Burkina Faso mamlakatining tarixi va buguni haqida hikoya qiladi.

    Burkina Faso nomi moor qabilasi tilida “halol odamlar”, dyfalo qavmida “qaso” – “vatan” ma’nosini beradi. 1984-yilga qadar Yuqori Volta nomi bilan jahon xaritasiga tushdi, sababi mamlakatni Oq va Qora Volta daryolari kesib o‘tgan edi. Xalqaro hamjamiyat Burkina Fasoni fransuz tilida “Haute Volta”, inglizlar “Upper Volta” va ispanlar “Alto Volta” sifatida tilga oldi. Hozirda Yuqori Voltani Burkina Faso deb nomlash amalda.

    Toma Sankara

    Toma Sankara
    Foto: Getty Images

    Ilk tarix

    XI asrning boshlarida moos qabilasi Ganadan kelib nyenyese, grus va bus qavmini o‘ziga tobe qildi. Dogonlar qabilasi esa shimolga chekindi. XIV asrda Burkina Faso hududida poytaxti Uagadugu bo‘lgan madaniyat tashkil topdi. XIV va XVI asrlarda Yatenga qavmi Mali va Songay mamlakatlarini salmoqli hududini bosib oldi. Hududda o‘ziga xos madaniyat va san’at rivojlanadi.

    Istibdoddagi xalq

    XIX asrning oxirlariga kelib, Burkina Faso fransuzlar tarafidan bosib olindi. Fransiyaga qarshi 1895-yilda boshlangan urush ikki yil davom etdi va 1897-yilda Fadan Gurma Fransiyaning protektoratligini tan oldi. 1904–1919-yillar davomida Burkina Faso fransuzlar qo‘l ostida bo‘lgan Senegal va Nigerning viloyati sifatida mavjud bo‘ldi. 1915-yilda Volta Bani qavmi mustabidlarga qarshi isyon ko‘tardi. 1934-yilga kelib, Obidjonga qadar temiryo‘l yotqizildi.

    Shundan keyin mustaqillik uchun kurash boshlandi, Afrika demokratik ittifoqi Burkina Fasoda sezilarli siyosiy vaznga ega bo‘ldi. 1947–1958-yillar orasida Fransiyaga do‘stona bo‘lgan Yuqori Volta Respublikasi tashkil qilingani e’lon qilindi. 1958-yilda Yuqori Volta Mali va Senegal birlashgan davlatiga kirmoqchi bo‘ldi, ammo Fil suyagi qirg‘og‘i mamlakatining qarshiligi natijasida federatsiyaga birlashish istagidan voz kechdi. 1959-yilga kelib Burkina Fasoda totalitar rejimni dastaklagan Yameogo prezident bo‘ldi va siyosiy muxoliflarini ta’qib qilishga tushdi.

    1960-yilning 5-avgust sanasida mamlakat mustaqil bo‘ldi. U radioefirda chiqish qildi va ayrim amaldorlarni fitna uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda aybladi, ularni qamoqqa olishni buyurdi. Msye Moris (xalq Yameogoni shunday atab olgandi) katolik maktablarini moddiy yordamdan mahrum qilish, mahalliy boshqaruv tizimini o‘zgartirish, qabila oqsoqollariga moliyaviy ko‘makni qirqish va mustaqil kasaba uyushmalarini ta’qib qilish kabi siyosati natijasida mamlakatdagi elitani o‘ziga dushman qilib oldi.

    Janob Yameogo 1965-yilning mart–aprel oylarida AQShga siyosiy tashrif bilan bordi va prezident Lindon Jonsondan Yuqori Volta, Fil suyagi qirg‘og‘i va Nigerga uch milliard frank (12 million AQSh dollari) miqdorida  moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishni so‘raydi. Pulni olgan Yameogo bir milliard frankni Shveysariyadagi bankka qo‘yib qo‘ydi. Xuddi shu yilda Moris Yameogo o‘z xotini Feliseteni qamoqqa oladi va u bilan nikohni bekor qilib, 22 yoshli  Fil suyagi qirg‘og‘i xonimi – Natali Monakoga uylanadi.

    1984-1997 yillardagi Burkina Faso gerbi.

    1984-1997 yillardagi Burkina Faso gerbi.
    Foto: Google Photos

    1966-yilga kelib, Yuqori Voltani norozilik namoyishlari qamrab oldi. Isyonni bostirishga yuborilgan harbiylar Yameogoni qamoqqa oldi va hokimiyatdan chetlatdi. Yameogoning hokimiyatda ketishi bilan polkovnik Sangule Lamizana hokimiyatni o‘z qo‘liga oldi va o‘ziga generallik rutbasini qo‘shib oldi. 15 yil mobaynida Yuqori Voltani boshqargan Lamizana hokimiyati 1980-yilga kelib harbiy to‘ntarish natijasida hokimiyatdan ag‘darildi. Mamlakatda bir guruh harbiylar muvaqqat hukumat tuzdi va mamlakatni boshqara boshladi.

    Afrikalik Che Gevara

    1983-yilning 10-yanvar sanasida Yuqori Voltaning bosh vaziri qilib armiya kapitani Tomas Sankara tayinlandi. Sei Zerbo hukumatida Tomas Sankara oddiy xalq orasida “xalqning bolasi” degan nom bilan tanildi. Sankara axborot vaziri bo‘lgan davrda ishga velosipedda qatnar, jurnalistlarga korrupsiyalashgan amaldorlarni fosh qilishga qaratilgan maqolalarni bosishlariga izn berardi. Sei Zarbo bilan muloqot chog‘ida mamlakatda demokratik islohotlar amalga oshirilishi, taraqqiyotga yetaklovchi g‘oyalarga ruxsat berilishi mamlakatni taraqqiy ettiradi, degan fikrlari uchun hokimiyatda uzoq muddat ishlay olmaydi.

    Sankara hech qancha vaqt o‘tmay, uy qamog‘iga olindi. Uning qamalishi ortidan Fransiya va Fil suyagi qirg‘og‘i ayblandi. Sankara taraf bo‘lgan talabalar norozilik namoyishi o‘tkazdi va qamoqqa olindi. Liviya elchisi Sankara qamoqdan ozod qilinishi kerak, degan bayonoti uchun mamlakatdan chiqarib yuborildi.  Hukumatning Sankaraga nisbatan harakati uzoq kuttirib o‘tirmaydigan oqibatlarga olib keldi. Mamlakatda yana isyon ko‘tarildi. Prezident Uedrago mamlakat xalqini mustaqillik bilan tabriklashga chiqqan vaqtda poytaxtga harbiylar bostirib kirdi. Hokimiyat Milliy inqilobiy kengash qo‘liga o‘tdi. Harbiylar Tomas Sankarani qamoqdan ozod qildi. Sankara Milliy inqilobiy kengash rahbarligini qo‘lga oldi.

    “Vatan yoki o‘lim!”

    Sotsialist sifatida tanilgan Sankara inqilobni himoya qilish g‘oyalarini Fidel Kastrodan olgandi.  Yuqori Voltada ham Kubadagi kabi tizim inqilobni himoya qilishi kerak edi. Hokimiyat tepasiga kelgan 33 yoshli Sankara Yuqori Voltada ulkan hajmdagi islohotlarni boshlab yubordi. Sankara tashabbusi bilan Yuqori Volta Burkina Faso deb nomlanadi. Sankara Burkina Fasoda korrupsiyaning yo‘q qilinishi istagini, ijtimoiy tengsizlikning mavjud bo‘lmasligini va davlat mulozimlari maoshlari qisqartirilishini amalga oshirdi.

    Xalq qo‘llagan yetakchining bor mol-mulki bir dona avtomobil, uch dona gitara, to‘rt dona velosiped, sovitkich va buzuq muzlatkichdan iborat edi.

    Sankara xonasiga konditsioner o‘rnatib berishni istaganlarga davlat xizmatchisi uchun bu keragidan ortiq hasham ekanini aytgandi.  Davlat idoralarida Tomas Sankara suratini ilishlariga qarshi turar ekan, mamlakatda yetti million Tomas Sankaralar borligini uqtiradi. Iqtisodga yordam qilish uchun barcha davlat mulozimlari mahalliy paxtadan tayyorlangan milliy kiyim kiyishlarini buyuradi. Sankara yer va milliy zaxira boyliklarini natsionalizatsiya qiladi, yerlarni dehqonlarga bo‘lib beradi. Cho‘llashish jarayoni Burkina Fasoga kelajakda katta ziyon yetkazishini inobatga olib, 10 million dona daraxt ekish tadbirini boshlaydi.

    Tomas Sankaro va Mixail Gorbachyov uchrashuvi.

    Tomas Sankaro va Mixail Gorbachyov uchrashuvi.
    Foto: Google Photos

    Mansabdorlarni Mercedes-Benz rusumidagi avtoulovlardan foydalanishini taqiqlash bilan birga, mansabdorlarga haydovchilar yollash amaliyotini, qishloq oqsoqollariga sovg‘a-salom berish, ular yerida bir muddat ishlab berish amaliyotini bekor qildi. Natijada jamiyatda qishloq oqsoqollari o‘z nufuzlaridan mahrum bo‘ldi. Tomas Sankara ayollar huquqlarini himoya qildi va o‘z hukumatidan ayollar uchun to‘rtta portfelni berdi.

    Fohishalikni, ayollar sunnatini, ko‘p xotinlik, nikohga majburlash kabi amaliyotlarni bekor qildi. Mamlakatda rok musiqasini rivojlantirish uchun ayollardan iborat “Dunyo kabutari” rok musiqa guruhini tashkil topishiga yordam berdi. Qashshoqlikka qarshi kurashish uchun mamlakatdagi turli idoralar huzurida professional kasbiy ta’limga tayyorlovchi tashkilotlarga asos soldi.

    Mamlakatdagi uch millionga yaqin insonlar bezgak, qizamiq, meningit kabi kasalliklardan juda qisqa muddat – ikki hafta ichida emlandi. Korrupsiyada qo‘lga tushgan amaldorlar Inqilobiy tribunalga berildi va otuvga hukm qilindi. 1984-yilda Burkina Fasoning ikki sobiq rahbari Sei Zarbo va Jan Batist Uedrago qamoqqa olindi, biroq 1985-yilda avf etildi.

    Tomas Sankaro 1986-yilda Moskvaga rasmiy tashrif bilan keldi. Burkina Faso va Sovet Ittifoqi aloqalari o‘ta qalin bo‘lmasa-da, asosan, burkina fasolik yoshlar Moskvadagi oliygohlarda tahsil olishga kelar, 1980-yillarda Burkina Fasoning Sovet Ittifoqi oldidagi qarzi taqriban yetti million dollarni tashkil etardi. Afg‘oniston borasida afrikalik Che Gevara Sovet Ittifoqi Afg‘oniston o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishi kerak, degan fikrda edi.

    1987-yilning 9-oktabr sanasida Tomas Sankara Che Gevara qotilligining 20 yillik sanasida nutq so‘zlaydi. Oradan ikki hafta o‘tib esa do‘sti va g‘oyadoshi adliya vaziri Blez Kompaore tarafidan uyushtirilgan qotillik qurboniga aylandi. Tomas Sankaro murdasi bo‘laklanib, nomsiz qabrga ko‘mib tashlandi. Isyondan so‘ng hokimiyat Blez Kampaore qo‘l ostiga o‘tdi.

    Rosh Mark Kabore

    Rosh Mark Kabore
    Foto: Getty Images

    Yangi rahbar va quvg‘in

    1991-yilda Burkina Fasoda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Muxolifat saylovni boykot qildi. Saylovda ishtirok etganlarning umumiy foizi 27,3 foizni tashkil qildi. 886 ming saylov byulletenlaridan 118 mingi haqiqiy emas, deb topildi. Shunday saylov mashmashalaridan keyin mamlakatga Blez Kompaore yangi prezident bo‘ldi. 1998-yilgi saylovlarda yana Kompaore g‘alaba qozondi.

    2000-yilda Burkina Faso konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritildi va prezident ikki muddatdan ortiq saylanish huquqiga ega emasligi va prezidentlik vakolati besh yilni tashkil etishi belgilab qo‘yilsa-da, Blez Kompaore 2005-yildagi saylovlarda yana o‘z nomzodini surdi. Prezident bu safar qonun yangilangani uchun ham o‘z nomzodini qo‘yganini ta’kidladi. Konstitutsiyaviy sud uning iddaosini qo‘llab-quvvatlab, saylovda ishtirok etishi mumkin, deya ruxsat berdi. Aynan shu tartibda Blez Kompaore 2010-yildagi saylovlarda ham qayta prezidentlikka saylandi.

    2011-yilda burkina fasoliklar Kompaorega qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Prezident ona shahri Ziniarga qochishga majbur bo‘ldi. Lekin hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. 2014-yilda konstitutsiyani o‘zgartirish uchun referendum o‘tkazish belgilab olindi. Norozilik qatnashchilari parlament binosini ishg‘ol qildi. Kompaore bu safar hokimiyatdan voz kechdi va 1-noyabr sanasida Burkina Fasodan Kot-d’Ivuar tarafga qarab qochib ketdi.

    2015-yildan beri Burkina Fasoda Rosh Mark Kristian Kabore hokimiyat tepasida. U Burkina Faso prezidentlari orasida harbiylarga aloqador bo‘lmagan yagona prezident. Rosh Mark Kabore Tomas Sankara davrida mamlakatdagi eng yirik Xalqaro Burkina bankining raisi bo‘lib ishlagan edi. 1994–1996-yillarda bosh vazir, 2002–2012-yillarda mamlakat parlamentining spikeri, 2020-yil noyabr oydagi saylovlar natijasida ikkinchi muddatga prezident etib saylandi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    23.12.2020, 07:41   Izoh (0)   30296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BioNTech 6 hafta ichida koronavirusning yangi shtammiga qarshi vaksina yaratishga tayyorligini ma’lum qildi

    23.12.2020, 07:26

    AQShning aksariyat fuqarolariga 600 dollardan to‘lab beriladi. Bu iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash dasturining bir qismi

    23.12.2020, 06:25

    Koronavirusning yangi shtammi Buyuk Britaniyaning butun hududida aniqlandi

    23.12.2020, 03:41

    Koronavirus 5 yildan keyin yanada yuqumliroq bo‘lishi prognoz qilindi

    23.12.2020, 00:27

    Buyuk Britaniya Fransiya bilan chegaraning yopilishi sababli kelib chiqadigan mahsulot taqchilligiga tayyorlana boshladi

    22.12.2020, 23:41

    Minskdan Dushanbega yo‘l olgan samolyot tuman tufayli Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi

    22.12.2020, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.