Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Hindshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Amir Fayzulla 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Amir Fayzulla “Mahobhorat”, “Mirzo G‘olib”, “Ramayana”, “Bobur” seriallari, “Sangam”, “Bavju Bayra”, “Ona” kabi badiiy filmlarni hind tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bundan tashqari, Amir Fayzulla ko‘plab taniqli hind yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Amir Fayzulla 1945-yil 15-yanvarda G‘allaorol tumanida tug‘ilgan. 1968-yili Toshkent davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. Mutaxassisligi bo‘yicha hindshunos. Amir Fayzulla 1967—1971-yillarda G‘allaorol tumanidagi maktablarda o‘qituvchi, 1971—1975-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, 1975—1990-yillarda “Progress” nashriyotida bo‘lim mudiri, 1990—1994-yillarda “Xalq merosi” nashriyotida muharrir, 1994—1997-yillarda “O‘zbekiston” radiosida tarjimon, 1997—2020-yillarda “Jahon adabiyoti” jurnalida yetakchi muharrir vazifalarida ishlagan.

Yozuvchi hind, urdu va rus tillaridan o‘zbek tiliga 30 dan ortiq roman va qissa, 400 seriyadan ortiq hind filmlarini tarjima qilgan. Amir Fayzulla “Mahobhorat” va “Ramayana” kabi mashhur hind seriallari tarjimoni sifatida tanilgan. Shuningdek, “Sangam”, “Muqaddas qasam”, “Miskinlar homiysi”, “Gul va olov” filmlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Amir Fayzulla o‘zbek tilidan hindiy va urdu tillariga ham o‘zbek adiblarining bir qancha asarini tarjima qilgan. Uning urdu tilida “O‘zbekiston shoirlari” (1972), hind tilida esa “O‘zbek adabiyoti namunalari hind tilida” (2014) to‘plamlari chop etilgan. Tarjimon Uvaysiy va Nodira she’rlarini ham hindchaga o‘girgan. Oxirgi yillarda Teodor Drayzerning “Sarmoyador” asarini o‘zbekchaga tarjima qilgan.

Amir Fayzullaga 2000-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan. 2020-yil Hindiston tomonidan doktor Jorj Grirson nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlangan.

Avvalroq O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom 82 yoshida, jurnalist va yozuvchi Sotvoldi Rajabov 74 yoshida, O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 77 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi