Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli adib, faxriy jurnalist Sotvoldi Rajabov 2020-yilning 1-dekabr kuni 74 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati.

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Foto: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Ma’lumot uchun, u 1946-yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1970-yilda Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini bitirgan. “Mushtum” jurnalida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasi adabiy-dramatik eshittirishlar tahririyatida, Andijon viloyat teleradiokompaniyasida ishlagan.

Hikoya va qissalardan iborat o‘nga yaqin kitobi nashr etilgan. Uning “Birovning bolasi” nomli yangi hikoyalar to‘plami nashriyotga topshirilgan, chop etilish arafasida edi.

Eslatib o‘tamiz, Taniqli shaxmat sharhlovchisi Akrom Toshxo‘jayev 66 yoshida, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Klara Jalilova 83 yoshida hamda Jurnalist va adabiyotshunos Saydi Umirov 82 yoshida  vafot etgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekistonda yashil energetika davri boshlanganiga uch yil boʻldi. Nimalar oʻzgardi?
Mahalliy
Fotoreportaj: Prezident tashrifiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Namangan
Sport
Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi