Daryo

Yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida vafot etdi

Yozuvchi 2017-yil bahorida, 17 yillik mahbuslikdan so‘ng ozodlikka chiqarilgan edi

1 daqiqa o‘qish42 118 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati

Taniqli yozuvchi Mamadali Mahmudov 79 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati

Evril Turon taxallusi bilan ijod qilgan Mamadali Mahmudov 1940-yil 12-dekabrda Jizzax viloyatining Forish tumanida tug‘ilgan.  Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini bitirgan.

Mamadali Mahmudov “Oltin o‘lka” nomli essesida poytaxtni Toshkentdan Jizzaxga ko‘chirish taklifini bildirgan, shuningdek, “poytaxt” so‘zini “boshkent”ga o‘zgartirish lozim deb hisoblagan.

Yozuvchi 2017-yil bahorida, 17 yillik mahbuslikdan so‘ng ozodlikka chiqarilgan edi. Qamalishidan oldin O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi kotibi, O‘zbekiston madaniyat jamg‘armasi raisi lavozimlarida ishlagan. “Bog‘don qashqiri”, “Tumanli kunlar”, “O‘lmas qoyalar”, “Qora do‘lana” kabi kitoblari nashr qilingan. Xorijda “Bo‘z bo‘ri”, “Oq gul” va “Oy nuri” romanlari chop etilgan. 2018-yil noyabrida u Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangan.

Xabarda marhuming oila a’zolariga ta’ziya bildirilgan, uning vafoti sababiga esa aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq Sharof Rashidovning ukasi, O‘zbekiston san’at arbobi, taniqli pedagog olim, adabiyotshunos va tarjimon Asil Rashidov 90 yoshida, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Sanjar Sodiqov 80 yoshida, yozuvchi, dramaturg, publitsist, O‘zbekiston san’at arbobi Abduqahhor Ibrohimov 79 yoshida olamdan o‘tgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar