Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Real” klubi va Ispaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas madridliklar fondi bosh direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “qaymoqranglilar” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter
Kasilyas — “Real” afsonasi, u klub qadriyatlarini ifoda etadi, tariximizdagi eng yaxshi darvozabon hisoblanadi. Uning sportdagi faoliyati va insoniylik salohiyatlari yuksak mukofotlar bilan e’tirof etilgan. “Real” buyuk sardorlardan biri uyga qaytganidan faxrlanadi.

“Real Madrid” matbuot xizmati

Kasilyas “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 1998—2015-yillar mobaynida klub libosini himoya qilgan. U “Real” safida 19 ta sovringa ega chiqqan: uchta Chempionlar Ligasi, uchta klublar o‘rtasida JCh, ikkita Yevropa Superkubogi, beshta La Liga, ikkita Ispaniya Kubogi va to‘rtta mamlakat Superkubogi. Ispaniya terma jamoasida esa 167 ta o‘yin o‘tkazib, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan va ikki marta Yevropa chempionati g‘olibiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, darvozabon 2019-yilning mart oyida “Portu” mashg‘ulotida yurak xurujini boshdan kechirdi va shundan keyin maydonga qaytmadi. 2020-yilning avgust oyida Iker faoliyatini yakunlaginini rasman ma’lum qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi