Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Baxtiyor ismli samarqandlik avtoblogerning Lacetti rusumli avtomashinasiga o‘t qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Foto: Telegram/BukharaNewsuz

Foto: Telegram/BukharaNewsuz

Qayd etilishicha, unga qarshi harakatlar bundan ikki hafta oldin boshlangan. Bloger o‘sha vaqt mashinasining g‘ildiraklari ikki marta o‘tkir tig‘ bilan teshilganini aytgan.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 16-dekabr kechasi, taxminan, soat 02:30 lar atrofida ko‘cha hovlisida turgan Lacetti rusumli transport vositasiga o‘t qo‘yilgan.

Bu uning avtoblogerlik faoliyati bilan bog‘liq hodisa bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq Toshkent tumanida Malibu-2’ni yoqib yuborgan ayol qo‘lga olingani, Farg‘onada unashtiruvi bekor qilingan yigit sevgan qizining uyini yoqib yuborgani hamda Toshkentda qashqadaryolik qiz uylanaman deb va’dasida turmagan yigitning Gentra’sini yoqib yuborgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Andijonda adliya aralashuvidan so‘ng 174 nafar tibbiyot xodimining kechiktirilgan ta’til pullari undirib berildi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi