Daryo

Toshkentda qashqadaryolik qiz uylanaman deb va’dasida turmagan yigitning Gentra’sini yoqib yubordi

Qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan

1 daqiqa o‘qish237 968 ko‘rishlar0 izoh0
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Toshkentda Gentra avtomobili benzin quyib yoqib yuborildi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

2020-yil 19-sentabr kuni soat 04:10 da Uchtepa tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 11-kvartalda 19 yoshli Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan Sitora G. tomonidan 23 yoshli qashqadaryolik Asilbek N.ga tegishli bo‘lgan Lacetti Gentra avtomobil yoqib yuborilgan.

Tergovoldi tekshiruvlari davomida aniqlanishicha, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida vaqtinchalik yashovchi Sitora G. va jabrlanuvchi o‘rtasida ma’lum vaqt muhabbat bo‘lgan. Asilbek keyinchalik Sitoraga uylanishini va’da qilgan, ammo va’dasida turmagan. Umidsizlikda qolgan qiz yigitning avtomobiliga ichidan va tashqarisidan benzin quyib, yoqib yuborgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar