Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Keng jamoatchilikning fikrini inobatga olgan holda 2020-yilning 17-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi 796-son qarori qabul qilindi, deya xabar qilmoqda YHXBB.

Foto: “Zamin.uz”

Foto: “Zamin.uz”

Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori asosida barcha avtomototransport vositalari uchun yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanish talabi bekor qilindi.

Endilikda mazkur talab faqatgina quyidagi 6 ta holat bo‘yicha majburiy etib belgilandi:

  • transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda;
  • yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;
  • bolalar guruhini tashkiliy tashishda;
  • xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;
  • mexanik transport vositalarini shatakka olishda;
  • mototsikl va mopedlarda.
Ushbu talablar yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashga, shuningdek, yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrashga xizmat qiladi.

Avvalroq O‘zbekiston YHXBB faralar bo‘yicha “xalq manfaatlariga xizmat qiladigan” takliflar tayyorlaganini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi