Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 1-yanvardan avtomobilning kunduzi chiroqlarini yoqib yurishi yana majburiy bo‘lishi haqida xabar berilgandi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi holat yuzasidan bayonot berdi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Qayd etilishicha, “Yo‘l harakati qoidalari”ning 138-bandida kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi belgilangan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-iyundagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460-sonli qarori 2-bandida 2021-yil 1-yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmasligi ko‘rsatilgan.

Ushbu masala yuzasidan IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining o‘z fikr mulohazalari mavjud bo‘lib, tegishli takliflar tayyorlangan va ushbu yo‘nalishda chora-tadbirlar belgilanmoqda.

“O‘ylaymizki, belgilanayotgan chora-tadbirlar xalq manfaatlariga xizmat qiladi”, deyiladi boshqarma bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasiga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik birinchi marta sodir etilganda 111 500 so‘m, bir yil ichida takror sodir etilsa 223 ming so‘m, bir yil ichida 3-marta sodir etilsa, 669 ming so‘m jarima solinadi. 1 yil ichida 3 martadan ko‘p sodir etilganda haydovchi 892 ming so‘m jarima yoki transport vositasini boshqarish huquqidan 6 oyga mahrum etish bilan jazolanadi.

Rasul Kusherbayev o‘z Telegram kanalida bir guruh deputatlar bilan bu tartibni bekor qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi va Ichki ishlar vazirligiga so‘rov kiritganini ma’lum qildi. Ular kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoki kunduzgi signal chiroqlarni yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talabni avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etmaslikni so‘ramoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?