• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Foto: Jaloliddin Rumiy qabri joylashgan mashhur Mavlono maqbarasi

    Xabar qilinganidek, Turkiyada mutafakkir Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan “Shabi arus” marosimlari doirasida madaniy tadbirlar boshlangan bo‘lib, ularda o‘zbekistonlik jurnalistlar ham ishtirok etmoqda. Tadbirlar doirasida OAV vakillari Turkiyaning Konya va Istanbul shaharlaridagi ziyoratgohlar, madaniy markazlar, tarixiy qadamjolar va Jaloliddin Rumiy hayot yo‘liga taalluqli maskanlarda bo‘lishi belgilangan edi.

    Maqbaraning qubba qismidagi ta’mirlash ishlari chizmasi.

    Maqbaraning qubba qismidagi ta’mirlash ishlari chizmasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Konya ichki Anadolu hududida joylashgan shahar bo‘lib, mamlakatning tarixiy va madaniy jihatdan eng muhim  markazlardan biri sanaladi. Turk va islom olamining dunyoga mashhur mutafakkirlaridan biri mavlono Jaloliddin Rumiy bilan nomi birlashgan shahar boy tarixiy o‘tmishga ega. Safarning dastlabki kunida jurnalistlar hududning eng ko‘zga ko‘ringan hamda dunyoning turli burchaklaridagi sayyohlarni o‘ziga jalb qiluvchi Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasiga (muzey) ziyorat qildi. Aytish kerakki, Konyada Anadolu, Saljuqiy davlatini boshqargan sultonlar, vazirlar, muhim tarixiy shaxslarning maqbaralari, jamg‘armalari, masjidlari, madrasalari juda ko‘p. Mavlono maqbarasi ularning ichida eng mashhuri sanaladi.

    Mavlononing o‘limidan beri yuzlab yillar o‘tgan bo‘lsa-da, u butun dunyo bo‘ylab o‘z fikrlari bilan eslanib, qabul qilingan va asarlari o‘nlab tillarda o‘qishda  davom ettirilmoqda. Mavlono maqbarasi va muzeyi bu borada katta ahamiyatga ega. Rumiy yashagan davrda Saljuqiylar davlati mo‘g‘ullarning bosqinchi kuchlari natijasida tobora zaiflab borayotgan davr edi. U o‘z kuchini, mavqeyi va siyosiy kelajagini yo‘qota borayotgan bir davlatda yashagan. U Turkiya tuproqlaridagi ma’naviy tubanlik va inqirozga tushgan insonlarni ma’naviy jihatdan jonlantirdi, jamiyatning ziyoli qatlami bilan do‘stona munosabatlar qurgan.

    Maqbara yonidagi jome masjidi.

    Maqbara yonidagi jome masjidi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Saljuqiy sultonlari saroyining yonida uning otasiga bir bog‘ sovg‘a qilingan edi. Mavlono 1273-yilda vafot etgach, uning maqbarasi xuddi shu bog‘ning ichida qurilgan. Saljuqiylar me’morchilik san’ati bilan qurilgan maqbaraga “Yashil maqbara” deb nom berildi. Maqbara mavlaviylik dargohining o‘rtasida joylashgan. To‘rtta katta ustun ustiga qurilgan maqbaraning ust qismida qubba bor. Tashqaridan ko‘p burchakli ko‘rinishdagi ziyoratgohning qubbasi yashil rangda   bo‘lib,  maqbaraning devorlari ham yashil rangli chinnilar bilan bezalgan. Qubbaning ustki qismi tashqaridan katta kuloh bilan o‘ralgan. Ushbu maqbaraga vaqt o‘tgach, mavlaviylik tariqatining obro‘li vakillari va Mavlononing yaqinlari ham dafn etilgan. Mavlono dargohini o‘z ichiga olgan muzey sohasida darveshlar tunagan makonlar, samoxona, shabi arus hududi, masjidni ko‘rish mumkin. Muzeyda bundan tashqari Mavlono va mavlaviylikka oid asarlar bilan qo‘lyozma kitoblar, lavhalar, plitalar, lampalar, musiqa asboblari, mavlaviylik   tariqatiga oid liboslar, Rumiy ishlatgan asbob-anjomlar, Mavlononing   masnaviy asaridan ba’zi bo‘limlar ziyorat etuvchilarning ko‘rishi uchun taqdim etilgan. Kutubxonada turli davrlarga oid to‘rt mingdan ortiq qo‘lyozmalar mavjud. Bu asarlarning barchasi raqamlashtirilgan va tadqiqotchilarning xizmatida.

    Turkiyaning barcha joylarida bo‘lgani kabi ushbu jamoat joyiga ham niqobsiz kirish ta’qiqlanadi.

    Turkiyaning barcha joylarida bo‘lgani kabi ushbu jamoat joyiga ham niqobsiz kirish ta’qiqlanadi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Faqatgina qabrdan iborat bo‘lgan bino 1926-yildan keyin muzey sifatida ochilgan. 1954-yilda qayta ko‘rib chiqilib, Mavlono muzeyi deya nomlangan. Uning maydoni bog‘i bilan 6500 kvadrat metrdan iborat. Muzeyda 6 ta bo‘lim mavjud. Ulardan birinchisi — qiroat xonasi. Bu Qur’onni chiroyli ovozda va to‘g‘ri o‘qishni anglatadi. Hozirgi kunda maqbaraning sayr qilingan ziyoratgoh qismining masjid bo‘limida juda katta sandiqlar va mavlaviylik tariqatiga oid kitoblar, tarixiy yozuvlar   ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Usmoniy podshohlarning ko‘pchiligi mavlaviylik tariqatiga a’zo bo‘lganliklari uchun har bir podsho ushbu maqbaraning kengaytirilishiga va bezalishiga katta hissa qo‘shgan. Maqbaraning yonida Usmonlilar davridan qolgan jome’ masjid o‘rin olgan.

    Turkiyada To‘pkapi saroyidan so‘ng eng ko‘p ziyorat etilgan dargoh sanaluvchi maqbara bepul xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Istanbul va Anqaradan tezyurar poyezdlar ushbu maqbara joylashgan Konya shahrigacha qatnaydi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri.

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri yonidagi mehrob.

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri yonidagi mehrob.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri.

    Mavlono Jaloliddin Rumiy va uning to‘ng‘ich o‘g‘li Sulton Valad (Muhammad Sultan Bahouddin Valad) qabri.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qabrlarning joylashuvi bo‘yicha ma’lumot.

    Qabrlarning joylashuvi bo‘yicha ma’lumot.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Jaloliddin Rumiy kiygani aytilgan qalpoqlar.

    Jaloliddin Rumiy kiygani aytilgan qalpoqlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Jaloliddin Rumiy kiygani aytilgan libos.

    Jaloliddin Rumiy kiygani aytilgan libos.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maqbara yonidagi tahorat uchun suv olinuvchi favvora.

    Maqbara yonidagi tahorat uchun suv olinuvchi favvora.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darveshlar oshxonasi.

    Darveshlar oshxonasi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darveshlar taomlanish vaqti.

    Darveshlar taomlanish vaqti.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darveshlar oshxonasidagi bozorga qatnovchi darvesh.

    Darveshlar oshxonasidagi bozorga qatnovchi darvesh.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darveshlar oshxonasidagi idish-tovoqlar.

    Darveshlar oshxonasidagi idish-tovoqlar.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Yangi kelgan darvesh va uning joyi.

    Yangi kelgan darvesh va uning joyi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Darveshlar xujrasi tor bo‘lgani sababli pandemiya sharoitida ortiqcha odam to‘planishining oldini olish maqsadida vaqtincha yopiq.

    Darveshlar xujrasi tor bo‘lgani sababli pandemiya sharoitida ortiqcha odam to‘planishining oldini olish maqsadida vaqtincha yopiq.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Muzeyning orqa tomoni.

    Muzeyning orqa tomoni.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    17.12.2020, 08:57   Izoh (0)   35974
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkiyada 17-dekabrda Jaloliddin Rumiy vafotining 747 yilligi munosabati bilan “Shabi arus” kechasi o‘tkaziladi

    16.12.2020, 09:26

    Madaniyat vazirligi: San’atkorlar ijodi reyting tizimida baholanadi va mukofotlash ishlari ham shunga qarab belgilanadi

    15.12.2020, 23:11

    Madaniyat vazirligi: Madaniyat markazlarining soni keskin kamayib ketgan, borlarining ham ayrimlari yaroqsiz

    15.12.2020, 19:29

    Nukusdagi Savitskiy muzeyi direktorligini egallagan ekspert Tigran Mkrtichev 2021-yildan ish boshlaydi

    13.12.2020, 21:15

    Xayrulla Sa’diyev “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” unvoni bilan taqdirlandi

    08.12.2020, 11:47

    O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov “Hamdo‘stlik yulduzlari” davlatlararo mukofoti bilan taqdirlandi

    01.12.2020, 21:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.