• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Buni o‘ylab topganlar islohotlarning dushmani”. Bloger UzIMEI korrupsiya uchun o‘ylab topilgani haqida

    Bloger Nikita Makarenko o‘zining Telegram’dagi kanaliga IMEI kodni ro‘yxatga qo‘yish qanchalik murakkab jarayon ekani haqida qator postlarni joylashtirdi. U mobil qurilmasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun UzIMEI tashkiloti binosiga borgani va u yerda qanday tartibsizlikka guvoh bo‘lgani haqida yozgan.

    Foto: Telegram / “Effekt Makarenko”

    Foto: Telegram / “Effekt Makarenko”

    2019-yil 1-apreldan O‘zbekistondagi mobil telefonlar maxsus IMEI kodi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi tartibi joriy etilgan edi. Shundan buyon ushbu tartib mobil qurilmalardan foydalanishda qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

    Makarenko avvaliga o‘ziga xos so‘rovnoma e’lon qilgan:

    “Hozir chet eldan kelgan telefonga IMEI kod olish uchun boraman. Meni nima kutayotganini taxmin qilib ko‘ring!

    1. Kerakli binoni topa olmayman;
    2. Topaman, lekin u yerda tushlik vaqti bo‘ladi;
    3. To‘plagan hujjatlarim yetarli bo‘lmaydi;
    4. Keyinroq keling, deyishadi;
    5. Hammasi o‘xshaydi!”.
    Ko‘pchilik o‘quvchilar “Hujjatlar yetmaydi”, degan variantni belgilagan.

    Keyingi postlarida Makarenko UzIMEI binosida boshidan kechirganlarini hikoya qilgan: “Xo‘sh, men UzIMEI binosini topdim. Faqat do‘stim qayerdaligini tushuntirganidan keyin. Bino “Sebzor” mahallasi ichida joylashgan, unga olib boradigan hech qanday yo‘l ko‘rsatkich yo‘q. Ichkarida katta navbat. Hech qanday elektron navbat haqida gap bo‘lishi mumkin emas, faqat “Kim oxirgi?” deyish amalda.

    “Raqamli xizmatlar markazida 11 kishidan iborat jonli navbat Dijital! Innovatsiya! Renessans! Hurmatli Shuhrat Sodiqov (axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri), Bahrom Olmatov (vazir o‘rinbosari) pastga tushib, tizimingiz qanday ishlayotganini ko‘ring”, — deb yozadi bloger.

    Foto: Telegram / “Effekt Makarenko”

    Foto: Telegram / “Effekt Makarenko”

    Makarenkoning ta’kidlashicha, UzIMEI’ni ro‘yxatdan o‘tkazish 1 soat vaqt olgan. “Agar telefonni pochta orqali olib kelishgan bo‘lsa, bojxona deklaratsiyasini ko‘rsatish kerak bo‘ladi. U yerda shunchaki ‘bardak’ hukm surmoqda, navbat, farzandlari sovg‘a qilib yuborgan telefonlardan foydalana olmayotgan qariyalar yig‘lamoqda, xorijliklar hayratdan yoqa ushlab turibdi”, — deya qayd etadi Makarenko.

    Shuningdek, u O‘zbekistonda bunday tizim bo‘lmasligi kerakligini, uning mavjudligini faqat korrupsiya bilan izohlash mumkinligini ta’kidlagan.

    “Bu shunchaki uquvsizlik va noprofessionallik. Bunday narsani o‘ylab topgan va joriy qilganlarni la’natlayman. Ular islohotlarning haqiqiy dushmani”, — deb yakunlagan Nikita Makarenko seriyali postlarini.

    Yana bir taniqli bloger, iqtisodchi Otabek Bakirov Makarenkoning postiga munosabat bildirgan. “UzIMEI xalq va mamlakatga zararkunandalik qilish evaziga boylik orttirish uchun yaralgan. Uni isloh qilib bo‘lmaydi. UzIMEI tugatilishi kerak. Zararkunandalik bilan boylik orttirayotgan, xalq va mamlakatni talayotganlar esa mahkamaga tortilishi lozim”, — deb yozgan Bakirov.

    Mavzuga doir:

    • Andijonda telefonlarning IMEI kodlarini o‘zgalar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
    • O‘zbekistonda 2020-yilda IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish evaziga 136 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ undirilgan
    Avvalroq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi boshqa shaxslarning pasport ma’lumotlari bilan telefonlarning IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov-surishtiruv olib borilayotganini, Davlat bojxona qo‘mitasi IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi IMEI kodlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganda ichki ishlar organlariga murojaat qilishga chaqirgandi.

    Keyinroq Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu muammoli masala yuzasidan bir qator choralar amalga oshirilganini hamda IMEI kodlarini boshqa shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etilganini ma’lum qildi.

    22-sentabr kuni mobil qurilmalarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ma’muriyati tomonidan mobil qurilmalarni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoniga o‘zgartirish kiritilgani ma’lum qilindi. Ushbu tartibga ko‘ra, qurilmaning IMEI kodini/kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. Biroq qator OAV va blogerlar mazkur o‘zgarish qonunga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqda.

    17.12.2020, 14:08   Izoh (0)   25421
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hammasiga bir xil miqdorda maosh berilmaydi” — Shavkat Mirziyoyev endilikda mahalla raislarining oyligi faoliyatiga qarab oshib borishini ta’kidladi

    17.12.2020, 13:37

    “O‘zbekiston” deb nomlangan smartfonlarga davlat gerbi tasviri tushirilgani bo‘yicha AKT vazirligi izoh berdi

    17.12.2020, 13:12

    Xorazm viloyatining Bog‘ot tumaniga vaqtinchalik hokim tayinlandi

    17.12.2020, 12:48

    Bo‘stonliqdagi 1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun 160 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. U bunga qadar 4 marotaba sudlangan

    17.12.2020, 12:23

    Shirin shahar hokimligi “hayotdan charchab”, ikki bolasini kanalga oqizib yubormoqchi bo‘lgan ayol voqeasi bo‘yicha izoh berdi

    17.12.2020, 12:08

    Toshkentda 352 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimligi mansabdori ushlandi (video)

    17.12.2020, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.