Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 12-turidan o‘rin olgan 16-dekabr, chorshanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Bavariya” o‘z uyida “Volfsburg”ni qabul qildi. Dastlab mehmonlar Maksimilian Filippning 5-daqiqadagi gol evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga myunxenliklar birinchi bo‘lim yakuni va ikkinchi bo‘lim debyutida Robert Levandovskining gollari bilan javob qaytardi.

“Leypsig” jamoasi “Hoffenhaym” maydonida mehmon bo‘ldi. Yussuf Poulsen tomonidan urilgan 60-daqiqadagi gol uchrashuvda yagonaligini saqlab qoldi.

“Bayer” safarda “Kyoln” darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritgan bo‘lsa, “Shalke-04” o‘zida “Frayburg”ga yengilib, g‘alabasiz seriyasini davom ettirdi.

12-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

Foto: Twitter/@Bundesliga_EN

Bundesliga

12-tur bahslari

16-dekabr, chorshanba

“Bavariya” — “Volfsburg” 2:1

Gollar: 0:1 – 5 Filipp, 1:1 – 45 Levandovski, 2:1 – 50 Levandovski.

“Bavariya”: Noyer, Zyule, Boateng, Alaba, Lyuka Ernandes, Tolisso (Roka, 70), Myuller, Levandovski, Gnabri (Musiala, 70), Koman, Sane (Duglas Kosta, 90).

“Volfsburg”: Kastels, Mbabu, Pongrachich (Gilavogi, 79), Lakrua, Russiyon (Paulo Otavio, 86), Arnold, Shlager, Brekalo (Joao Viktor, 70), Filipp (Ginchek, 86), Baku (Byalek, 70), Vegorst.

Ogohlantirishlar: Arnold (34), Gnabri (69), Sane (84), Koman (90).

“Hoffenhaym” — “Leypsig” 0:1

Gol: 0:1 – 60 Poulsen.

“Shalke-04” — “Frayburg” 0:2

Gollar: 0:1 – 50 Shallai, 0:2 – 68 Shallai.

“Kyoln” — “Bayer” 0:4

Gollar: 0:1 – 8 Vayzer, 0:2 – 10 Diabi, 0:3 – 54 Shik, 0:4 – 59 Virts.

“Arminiya” — “Augsburg” 0:1

Gol: 0:1 – 85 Gaueleu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi