Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinalardan foydalanishga ruxsat berdi, deb xabar qiladi Meduza.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Endilikda 16 yoshdan katta bo‘lgan amerikaliklar vaksinatsiyadan o‘tishi mumkin. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, yil oxiriga qadar 2,9 million kishini emlash rejalashtirilmoqda; vaksinatsiya jarayonida xavf guruhidagi insonlar — tibbiyot xodimlari va keksalarga ustuvorlik beriladi.

AQSh prezident Donald Trampning ma’lum qilishicha, vaksinaning birinchi dozasi yuborish ishlari “24 soatdan kamroq vaqt ichida” amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2-dekabr kuni Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib Pfizer’ning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan. Shuningdek, Pfizer va BioNTech vaksinani AQShda hamda Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan.

Avvalroq Pfizer va BioNTech o‘zining BNT1622b vaksinasi tadqiqotlarning uchinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganini ma’lum qilgandi. Taqqoslash uchun: Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi o‘z ishlab chiquvchilari tomonidan 92 foizga, Amerika Moderna kompaniyasi vaksinasi — 94,1 foizga, AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi — 70 foizga baholangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi