Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinani ommaviy foydalanish uchun ma’qullagan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Ukrinform”

Foto: “Ukrinform”

Mamlakat hukumati doridan 40 millionta doza buyurtma qilishga ulgurdi.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berishicha, mamlakatda vaksinani qo‘llash kelasi hafta boshlanadi. Bir necha oy davom etgan klinik sinovlardan keyin idora mutaxassislari vaksina “xavfsizlik, sifat va samaradorlikning qat’iy standartlariga muvofiq keladi” deb xulosa qilgan.

Avvalroq Pfizer va BioNTech o‘zining BNT1622b vaksinasi tadqiqotlarning uchinchi bosqichi yakunlari bo‘yicha 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganini ma’lum qilgandi. Taqqoslash uchun: Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi samaradorligi o‘z ishlab chiquvchilari tomonidan 92 foizga, Amerika Moderna kompaniyasi vaksinasi — 94,1 foizga, AstraZeneca kompaniyasi vaksinasi — 70 foizga baholangan.

Pfizer va BioNTech vaksinani AQShda hamda Yevroittifoqda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish darajasi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda jami 1,6 million kishi virusni yuqtirgan, 59 ming kishi vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda talaba qizning shaxsiy suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi
Dunyo
Yerga hafta oxirida ko‘p qavatli bino o‘lchamidagi asteroid yaqinlashmoqda
Mahalliy
“Katta mulozimlar ham ‘podval’larga tushib-chiqardi” — Kamoliddin Rabbimov san’atkorlar Islom Karimov davrini tanqid qilayotgani haqida