Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ushbu retsept asosida tayyorlangan shirinlik nafaqat bayram dasturxoni ko‘rki, balki bolajonlar uchun ajoyib sovg‘aga aylanadi. Agar pishirishdan avval ular teshib qo‘yilsa, archaga ham ilish mumkin.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Un − 190 gramm;
  • Qabartma (razrixlitel) − 1 choy qoshiq;
  • Zanjabil kukuni − 3/4 choy qoshiq;
  • Iste’mol sodasi − 1/4-1/2 choy qoshiq;
  • Dolchin kukuni − 1/2 qoshiq;
  • Chinnigul kukuni − 1/4 choy qoshiq;
  • Muskat yong‘og‘i kukuni − 1/4 choy qoshiq;
  • Kardamon kukuni − 1/4 choy qoshiq;
  • Sariyog‘ − 5 osh qoshiq;
  • Jigarrang shakar − 100 gramm;
  • Asal − 110 gramm;
  • Sut − 1 choy qoshiq;
  • Kraxmal − 1 choy qoshiq;
  • Shakar upasi −  4 osh qoshiq.
  • Tuz.
Tayyorlanish jarayoni:
  1. Un, qabartma va iste’mol sodasi yaxshilab aralashtiriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
  2. Yumshatilgan sariyog‘ shakar bilan mikser qilinadi. Ustidan asal qo‘shib, yana aralashtiriladi.
  3. Unli va sariyog‘li aralashma qo‘shib, mikser qilinadi. Xamir holiga kelganidan so‘ng dumaloqlanib, muzlatkichga 1 soatga qo‘yiladi.
  4. Pech oldindan 160 darajada qizitiladi. Xamir, taxminan, 6 millimetr qalinlikda yoyiladi. Odamcha qolipi yordamida xamirdan turli xil odamcha shakli kesib olinadi. Yana 10 daqiqaga muzlatkichga qo‘yiladi.
  5. Keyin pechda 7-9 daqiqa davomida pishiriladi.
  6. Glazur uchun shakar upasi, kraxmal va sut aralashtiriladi. Qo‘shimcha tarzda rang ham qo‘shish mumkin.
  7. Aralashmadan qandolat siqma xaltachasi yordamida shirinliklar ustiga yuz ko‘rinishi va liboslarini chiziladi.
  8. Glazur qotishi uchun shirinliklar 20-30 daqiqaga qoldiriladi.
  9. Tayyor bo‘lganidan so‘ng dasturxonga tortish mumkin. Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin rasmiy qarorgohida zinadan yiqilib tushgani aytilmoqda
Mahalliy
“Mashina minishni qimmatlashtirish kerak”. Doniyor G‘aniyev tirbandliklarni kamaytirish, aholini jamoat transportiga o‘rgatish uchun nimalar qilish zarurligi haqid...
Madaniyat
“Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi shapkasi yonayotgan sahnani suratga olish paytida boshi kuyib qolgani haqida gapirdi